TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1614 2.35K
​Oʻrtamiyona – “oʻrtaoʻrta” degani

Davomi. Boshlanishi bu yerda.

Gʻalati mashhur tushunchasini tahrir ilmining ustasi, rahmatli Mahmud Saʼdiy domla oʻrtamiyona soʻzi yordamida tushuntirib bergandi. Oʻzbekchadagi oʻrta soʻzi forschada miyona boʻladi. Lekin biz ikkalasini qoʻshib ishlatamiz. Soʻzma-soʻz oʻrtaoʻrta degani. Bu xato-ku, bitta soʻzni ikki marta takrorlab nima hojat, deb baqir-chaqir qilgandan esa foyda yoʻq.

Oʻrtamiyona oʻrta darajadagi; oʻrtacha maʼnosida ishlatiladi. Baʼzi oʻrinlarda bu soʻzdagi maʼno noziklikliklarini uning maʼnodoshlari ifodalay olmaydi. Masalan:

Oʻrtamiyona asar – oʻrtacha darajadagi, eʼtiborga uncha arzimaydigan, iliq-miliq asar. Bu oʻrinda oʻrtamiyona soʻzida biroz nazarga ilmaslik, mensimaslik yoki tavsiya etmaslik mazmuni ham yashiringan. Uning oʻrniga oʻrtacha yoki oʻrta darajadagi soʻzlarini qoʻyish bu maʼno qirralarini aks ettirmaydi.

Oʻrtamiyona uy – bunda yuqoridagi kabi maʼnolar yoʻq. Uyning hajmi, koʻrinishi, jihozlanishi oʻrtacha darajadaligi anglashilyapti.

Ayrim gʻalati mashhurlar bor, toʻgʻrisini ishlatsangiz, xato qilgan boʻlasiz. Ikkita misol keltiraman.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →