Gʻalati mashhurlar: toʻgʻrisi – xato, xatosi – toʻgʻri
Har narsaga koʻnikiladi, xatoga ham
Psixologlarning aytishicha, biror odat shakllanishi yoki yoʻqolishi uchun oʻrtacha bir oy vaqt kerak ekan. Muttasil qilinadigan yanglish ishga tana oʻrganib qoladi. Tilda ham shunga oʻxshash holat.
Erkin Vohidov bir maqolasida yozadi: “Eskidan qolgan gʻalati mashhur degan gap bor. Bu mashhur boʻlgan xato demakdir. Gʻalat soʻzining oʻzbek tilida gʻalati shaklida qiziq, ajoyib degan maʼno kasb etgani oʻzi gʻalati mashhurdir”. Chunki gʻalat soʻzi arabchada xato, nuqson, adashish kabi maʼnolarni anglatadi. Unga forscha -i izofasi qoʻshilgan va oʻzbek tilida asliyatdagidan boshqa mazmunni bildiradi.
Biror soʻz yoki iborani xato ishlatish ommalashib ketsa va u tabiiy qabul qilinadigan boʻlib qolsa, endi boshqa yoʻl yoʻq, noiloj rozi boʻlasiz. Gʻalati mashhur ana shu.
👉 Oʻrtamiyona – “oʻrtaoʻrta” degani
👉 Koʻchaning boshi emas, oxiri berk boʻladi
👉 Oldin chiqasiz, keyin kelasiz
👉 Ommalashgan xato gʻalati mashhur boʻlavermaydi
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1608
2.74K

- 👍 1