TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1624 2.27K
​Oldin chiqasiz, keyin kelasiz

Kelib chiqmoq
– yuzaga kelmoq, yuzaga chiqmoq, paydo boʻlmoq. Bu iboraning sharhini izohli lugʻatdan topa olmadim. Lekin u tilimizda keng qoʻllanadi:

Ichkilik, bezorilik, buzilish, odobsizlik – hammasi bekorchilikdan kelib chiqadi.
A. Muxtor, “Chinor”.

Beshiktervatar xavf-xatar sezishi bilan oldingi oyoqlarini yuqori koʻtarib, tebranib turadi. Nomi ham shundan kelib chiqqan.
“OʻzME”.

👉 Aslida kelib chiqmoq emas, chiqib kelmoq boʻlishi kerak. Chunki odatda ichkaridan dastlab chiqiladi, soʻng kelinadi. Oldin kelib, keyin chiqilmaydi. Lekin nimagadir doim aksini aytamiz va bu meʼyorga aylangan. Yuqoridagi misollarda kelib chiqmoq oʻrnida chiqib kelmoq iborasini ishlatish xato boʻladi. Faqat jismoniy harakat maʼnosidagina shu shaklda ishlatish mumkin va bunda u ibora sanalmaydi:

Soʻyloq kishi chiqib kelib, yukni qabul qilib olgach, choy-poyga shama qilib oʻtirmay, darhol eshikni yopdi.
A. Obidjon, “Akang qaragʻay Gulmat”.

Men mahallaga bir chiqib kelay-chi, nima yangilik bor ekan.

Ichkaridan oʻttiz besh-qirq yoshlardagi bir kishi chiqib keldi.

👉 Har narsaga koʻnikiladi, xatoga ham
👉 Oʻrtamiyona – “oʻrtaoʻrta” degani
👉 Koʻchaning boshi emas, oxiri berk boʻladi

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →