TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1370 3.15K
“Barra” nima degani?

Barra soʻzini “svejiy” soʻzi tarjimasi sifatida koʻp taklif etishadi. Lekin soʻzning maʼnolari hamisha ham bunga mos kelavermaydi. Faqat bir holatdagina svejiyga yaqinroq maʼno ifodalashi mumkin.

Oldin barraning oʻzbekchadagi maʼnolarini koʻrib chiqamiz. Bu soʻz forschadan olingan, asliyatda qoʻzichoq; ohu bolasi maʼnolarini bildiradi. Tilimizda quyidagi anglamlarda qoʻllanadi:

1️⃣ Yangi tugʻilgan qoʻzichoq.

2️⃣ Yangi tugʻilgan qoʻzining goʻshti.

3️⃣ Qoʻzichoqning jingalak junli terisi; qorakoʻl.

4️⃣ Koʻchma maʼnoda: yangi unib, oʻsib chiqqan, yosh, mayin; dirkillama.

📌 Demak, faqat toʻrtinchi, yaʼni koʻchma maʼnosidagina bu soʻz svejiyga yaqinroq keladi. Biroq yangi keltirilgan mahsulotlarning hammasi ham yangi unib chiqqan yoki dirkillama boʻlmaydi. Bu maʼnoda faqat koʻkatlarga nisbatan ishlatilishi mumkin.

Masalan, barra goʻshti yangi keltirilgan goʻsht emas, u yangi tugʻilgan qoʻzichoqning goʻshti. Bu birikmani barra goʻsht tarzida ishlatish xato, chunki bu yerda barra sifatlovchi emas, u qoʻzichoqni bildiradi.

Barra kabob birikmasida esa sifatlovchi, u kabobning qandayligini anglatyapti. Bu oʻrinda ham barra soʻzi yangi goʻshtdan tayyorlangan maʼnosida emas, qoʻzichoq goʻshtidan tayyorlanganlikni ifodalaydi.

Oʻzbekcha-ruscha lugʻatga bir nazar tashlasangiz, rus tili bu soʻzni tarjima qilishda ancha qiynalganini koʻrasiz. Barra koʻp holatda ikki soʻz yordamida oʻgirilgan. Oʻsha gap: har bir tilning oʻziga xos ustunlik va imkonsizliklari boʻladi. Hatto manaman degan dunyo tillari ham bundan mustasno emas.

👉 Toʻliq oʻqish

🔄 Mavzuga aloqador:
👉 “Svejiy” soʻzining tarjimasi nima?
👉 Kalka va kalkalash
👉 Ifoda tarzi oʻzbekcha boʻlsin
👉 -lar qoʻshimchasini qoʻllashdagi xatolar

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib “Svejiy” soʻzining tarjimasi nima? Ruscha savodi “tvaya-maya” darajasida boʻlsa-da, oʻzbek tilini kamsituvchi odamlar uchrab qoladi. Ularning sevimli savollaridan biri shu: “Svejiy oʻzbekchada nima boʻladi? Masalan, svejiy karam?”. Mabodo “yangi” deb javob…
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →