TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #834 3.83K
-lar qoʻshimchasini qoʻllashdagi xatolar

Eng koʻp uchraydigan xatolardan biri miqdor sondan keyingi otga koʻplik qoʻshimchasini qoʻshishdir:

10 ta kitoblar, 4 ta uylar, 15 nafar oʻquvchilar, 30 dona lugʻatlar va hokazo. Bu misollarning barchasida -lar qoʻshimchasi ortiqcha. Chunki sonning oʻzida koʻplik maʼnosi borligi sababli otga koʻplik maʼnosi qoʻshilmaydi.

Bunday xatolar tarjima matnlarda tez-tez koʻzga tashlanadi. Chunki koʻp tillarda, jumladan, rus va ingliz tillarida miqdor sondan keyingi soʻz ham koʻplikda boʻladi. Masalan, 10 knig – 10 books. Lekin oʻzbek tilida unday emas.

Demak,

5 nafar bolalar ❌
5 nafar bola ✅

Qorda qolgan 20 nafardan ortiq fuqarolarga yordam koʻrsatildi. ❌
Qorda qolgan 20 nafardan ortiq fuqaroga yordam koʻrsatildi. ✅

Keyingi xato kam boʻlsa-da, uchrab turadi. Oʻzi birlikda ishlatiladigan, lekin koʻplikni bildiradigan soʻzlardan keyin koʻplikdagi feʼlni qoʻllash. Masalan:

Aholi kerakli axborotga ega boʻldilar. ❌
Aholi kerakli axborotga ega boʻldi. ✅

Koʻpchilik bu soʻzning maʼnosini yaxshi biladilar. ❌
Koʻpchilik bu soʻzning maʼnosini yaxshi biladi. ✅

Bu kabi holatlarda feʼlni birgalik nisbatda (ega boʻlishdi, yaxshi bilishadi) qoʻllash ham xato. Feʼl faqat birlikda boʻlishi kerak.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 11
More from @oriftolib
  1. Sep 28, 2026Miyamiz oʻqishga moslashmaganmi? Neyrobiolog Rebekka Gotlib inson matnni koʻrish, eshitish…
  2. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
  3. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  4. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
  5. Sep 28, 2026Yaxshi keksalari boʻlmagan yerning yaxshi yoshlari boʻlmaydi. — Kabardin xalq maqoli @orif…
  6. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →