TGViewer
Channel Public Channel
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

@nqaaeuz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

Veb-sayt: nqaae.uz
Instagram: instagram.com/nqaaeuz
Facebook: facebook.com/nqaaeuz
Aloqa bot: @nqaaeuzbot
Subscribers
3.91K
Photos
487
Videos
42
Links
236
Recent Posts 16 shown
Post #564 1.53K
🟢Ayni damda Britaniya menejment universitetida Kembridj universiteti olimlari, xorijiy ekspertlar va yosh tadqiqotchilar ishtirokida "Ilmiy yo‘l: g‘oyadan tadqiqotga" mavzusida ochiq ilmiy seminar o’z ishini boshladi.

Seminarda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi qariyb 80 ta oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasidan 500 ga yaqin ariza kelib tushgan bo’lib, saralash natijasida 70 nafar yosh olim, doktorant, mustaqil izlanuvchi va magistrant saralab olingan.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #563 1.65K
Bugun bizga bilim bergan, fikrlashni, izlanishni va o‘zimizga ishonishni o‘rgatgan insonlarni e’zozlaydigan kun.

Ustozning mehnati dars jadvali yoki auditoriya bilan cheklanmaydi. Har bir dars ortida bir insonning kelajagi, bir kasbga bo‘lgan qiziqishi, bir orzuning shakllanishi turadi.

Sifatli ta’lim avvalo, fidoyi va malakali ustozdan boshlanadi.

Bugun ta’limning barcha bo‘g‘inlarida yosh avlodga bilim va tarbiya berayotgan, o‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yangilikka intilayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Sizning mehnatingiz – bugunning ta’limi, ertangi jamiyat va kelajak avlod uchun qo‘yilayotgan eng muhim sarmoyalardan biridir.

Aziz ustozlar!

Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvaffaqiyat va shogirdlaringizning yutuqlaridan g'ururlanish baxtini tilaymiz.

Har bir bergan bilimingiz, har bir aytgan so‘zingiz va har bir qo‘llab-quvvatlashingiz kelajakda o‘z samarasini topsin!

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! 💐

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #560 1.57K
Jahon Banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, raqamli va innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #559 1.87K
Talabalar bildirgan muammolar bo‘yicha qanday choralar ko‘rildi?

2026-yilgi Umummilliy talabalar so‘rovnomasi asosida ta’lim muhitiga oid tahliliy sharh tayyorlandi.

Umumiy natijalarda ijobiy baholar ustun bo‘lsa-da, talabalar ishga joylashishga ko‘maklashish, baholashning adolatliligi, raqamli xizmatlar, auditoriya va laboratoriyalar hamda yashash sharoitlariga oid muammolarni ham ko‘targan.

Talabalar fikrini o‘rganish ishlari doirasida quyidagi choralar ko‘rildi:

Salbiy natijalar qayd etilgan oliygohlarga 162 ta ogohlantirish yuborilib, kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.

Bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalarini baholash uchun ‟Bitiruvchilar sifati indeksi — BSI” ishlab chiqilib, raqobatni rivojlantirish orqali talabalarni qo‘llab-quvvatlash kuchaytirildi.

Oliygohlar xodimlari uchun xorijiy tashkilotlarda maqsadli stajirovkalar yo‘lga qo‘yildi.


Bu choralar barcha muammolar to‘liq hal etilganini anglatmaydi. Ularning samarasi uzoq muddatli istiqbolda talabalar imkoniyatlaridagi amaliy o‘zgarishlarda ko‘rinadi.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #558 2.36K
Ekspertlar safida talaba

Talabalarning muammolarini o'rganishga harakat qilyapman

— talaba-ekspert Husan Tog'ayev

Ayni damda Britaniya menejment universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari o‘tkazilmoqda. 13 nafar xalqaro va 3 nafar mahalliy ekspertdan iborat ishchi guruh tarkibiga talaba ham jalb etilgan.

Biz yosh ekspertimizdan mazkur jarayondagi ishtiroki haqida so‘radik.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #557 2.08K
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi xodimi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Xususan, Agentlikning Raqamlashtirish va axborot texnologiyalari guruhi rahbari Farrux Yo'ldoshev ta’lim sohasini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlarini takomillashtirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.

Farrux Yo'ldoshev minglab foydalanuvchilari foydalanib kelayotgan raqamli platformalarga asos solgan. Jumladan, uning bevosita rahbarligida "Online Admission", "Milliy dastur", "PIIMA Jobs", "OneDesk" kabi raqamli platformalar yaratilgan.

"Bitiruvchilar sifati indeksi" va "Akkreditatsiya" platformalari joriy qilinib, ta’lim sifatini baholash jarayonlarini yanada shaffof bo‘lishiga xizmat qilib kelmoqda.


Agentlik jamoasi hamkasbimiz qatorida barcha davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyatlarida yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaydi!

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #556 1.8K
Xalqaro ekspertimiz bilan tanishing

Ahmet Özgür Yazaydın — London universitet kolleji (University College London, UCL) kimyo muhandisligi professori, molekulyar modellashtirish va nanostrukturali materiallarni energetika hamda atrof-muhit muhofazasida qo‘llash bo‘yicha xalqaro ekspert.

Professor Yazaydınning ilmiy faoliyati suvni tozalash, karbonat angidridni tutib qolish, gazlarni ajratish va membrana texnologiyalari kabi barqaror rivojlanish uchun muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.

U AQShning Worcester Polytechnic Institute universitetida kimyo muhandisligi bo‘yicha PhD darajasini olgan. Shuningdek, Amerika kimyo muhandislari instituti, Kimyo muhandislari instituti va Qirollik kimyo jamiyati a’zosi.

Uning xalqaro ilmiy va pedagogik tajribasi ta’lim dasturlarini baholash, ularning mazmunini zamonaviy talablar asosida tahlil qilish va sifatini xalqaro mezonlar asosida takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #554 2.76K
Bir kunga rektor bo‘lsangiz, universitetda nimani o‘zgartirgan bo‘lardingiz?

Chirchiq davlat pedagogika universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari doirasida talabalarga shu savol bilan murojaat qildik.

📹Xo'sh, talabalar nimalarni o‘zgartirgan bo‘lardi? Javoblar videoda.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #553 2.93K
Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filiali kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilmoqda

Mazkur jarayonda 63 ta ta’lim dasturini o‘rganish uchun 38 nafar mahalliy ekspert hamda agentlik mutasaddilari ishtirok etmoqda.

Ekspertlar dars va amaliy mashg‘ulotlarni bevosita kuzatib, ularning ishchi va o‘quv-me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi, tinglovchilarning davomati va faolligi, nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini baholaydi.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #552 2.85K
Texnikumlarda 442 mingdan ortiq o‘quvchi: dual ta’lim qamrovi qanday?

Texnikumlarda dual ta’limning joriy holati tahlil qilindi.

Tahlilga kiritilgan 679 ta texnikumda 442 227 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shundan 60 654 nafari, ya’ni 13,7 foizi dual ta’limga qamrab olingan.

E’tiborlisi, dual ta’limda tahsil olayotganlarning 27 962 nafari uchta kasb va mutaxassislik hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu jami dual ta’lim o‘quvchilarining 46,1 foizini tashkil etadi:

➖maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi – 10 931 nafar;

➖avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish – 9 131 nafar;

➖tikuvchi – 7 900 nafar.

Sharhda dual ta’lim qamrovi hududlar, texnikumlar, ta’lim bosqichlari, kasb va mutaxassisliklar kesimida tahlil qilingan.

2030-yilga qadar texnikum o‘quvchilarining 40 foizini dual ta’limga qamrab olish maqsadi belgilangan.

To'liq sharh bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #551 4.81K
Ekspertlar safida talaba

Talabalarning muammolarini o'rganishga harakat qilyapman

— talaba-ekspert Elnura Muhammadaminova

Ayni damda Chirchiq davlat pedagogika universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari o‘tkazilmoqda. 60 dan ortiq mahalliy va xalqaro ekspertlardan iborat ishchi guruh tarkibiga talaba ham jalb etilgan.

Biz yosh ekspertimizdan mazkur jarayondagi ishtiroki haqida so‘radik.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #550 9.16K
Chirchiq davlat pedagogika universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari boshlandi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi doirasida oliygohga tashrif amalga oshirilmoqda.

Jarayonga jami 62 nafar, jumladan, 37 nafar mahalliy va 25 nafar xorijiy ekspert jalb qilingan bo‘lib, ular universitetda ta’lim sifati va uni ta’minlash mexanizmlarini har tomonlama o‘rganmoqda.

Tashrif davomida universitetning boshqaruv tizimi, ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilar faoliyati, ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari o‘rganilmoqda.


Ekspertlar, shuningdek, dars jarayonlarini kuzatib, talabalar, bitiruvchilar, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan suhbatlar o‘tkazmoqda. Talabalar turar joylaridagi sharoitlar, xavfsizlik, sanitariya-gigiyena, tibbiy xizmat va inklyuzivlik masalalari ham baholash jarayonining muhim qismi hisoblanadi.

Uch kunlik tashrif yakunida to‘plangan ma’lumotlar umumlashtirilib, universitet vakillari bilan dastlabki fikr-mulohazalar muhokama qilinadi.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #548 4.25K
Hududlarda qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori?

Texnikumlarning 2025/2026 o‘quv yilida qabul parametrlarini shakllantirilishi, taqsimlanishi va bajarilish samaradorligi tahlil qilindi.

Bunga ko‘ra respublikada eng ommabop yo‘nalish – avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish ekanligi ma'lum bo'ldi. Mazkur yo'nalishga 249 130 nafar o‘quvchidan 50 208 nafari, ya’ni 20,2 foizi hujjat topshirgan.

Tahlilda hududlarning o'ziga xos bo'lgan yo‘nalishlari ham aniqlandi:

➖Toshkent shahrida – kompyuter tizimlarida dasturlash;
➖Samarqand viloyatida – sartaroshlik;
➖Surxondaryo viloyatida – qutqaruvchilik;
➖Farg‘ona viloyatida – tikuvchilik mahsulotlari dizayni;
➖Toshkent viloyatida – kimyoviy ishlab chiqarish laboranti;
➖ Navoiy viloyatida – foydali qazilmalarni maydalash va saralash.


Kasbiy taʼlim tizimida qabul parametrlarining batafsil sharhi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #547 6.55K
Xitoyda 100% grant asosida malaka oshirish: 442 nafar nomzod orasidan eng kuchli 10 nafari tanlab olindi

Xalqaro transmilliy ta’lim uyushmasi (ITEA) beg‘araz grant dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida tashkil etiladigan “Ta’lim sifatini boshqarish va xalqaro ilg‘or tajribalar” malaka oshirish dasturi uchun saralash jarayoni yakunlandi.

Nomzodlar uchun uch bosqichli saralash jarayoni tashkil etildi. Dastlab nomzodlarning kasbiy faoliyati, keyingi bosqichda ularning motivatsion xatlari o‘rganildi. Yakuniy bosqichda esa eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar sun’iy intellekt tomonidan suhbatdan o‘tkazildi.

Natijada ishtirokchilar orasidan eng yuqori natijalarni qayd etgan 10 nafar taʼlim sifati mutaxassisi saralab olindi.

Eslatib o'tamiz, Malayziyaning Xalqaro transmilliy ta’lim uyushmasi bilan joriy yilning aprel oyida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, uning doirasida xalqaro malaka oshirish dasturlarini tashkil etish keishilgan edi.


English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #544 3.24K
Portugaliya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Portugaliyaning Oliy ta’limni baholash va akkreditatsiyadan o‘tkazish agentligi (A3ES) tashkiloti prezidenti Joau Saagua boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xalqaro akkreditatsiya yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirish, malaka oshirish va job-shadowing dasturlarini amalga oshirish hamda xalqaro ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.


Yakunda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi imzolandi.

A3ES biznes va iqtisodiyot, muhandislik va texnologiya, sog‘liqni saqlash va tibbiyot, tabiiy fanlar, ijtimoiy va gumanitar fanlar, huquq, pedagogika, san’at va dizayn kabi sohalarda ta’lim dasturlarini baholaydi.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #543 5.87K
BSI: Qizlar tezroq ish topadi, yigitlarda esa maosh ko‘proq. Raqamlar yana nimani ko‘rsatmoqda?

Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar kesimida ham tahlil qilingan.

Natijalar qiziq manzarani ko‘rsatmoqda.

BSI natijalariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida bandlik darajasi 85,1 foiz, yigitlarda esa 80,4 foizni tashkil etgan. Qizlar o‘rtacha 2 oyda, yigitlar esa 3 oyda ishga joylashgan.

Biroq o‘rtacha ish haqi bo‘yicha manzara boshqacha: yigitlarda bu ko‘rsatkich 6 mln so‘m, qizlarda esa 3,9 mln so‘mni tashkil qilgan.

Mehnat bozorida yuqori natija qayd etilgan TOP-5 sohalar tahlil qilinganda, quyidagilarni ko‘rish mumkin:

Qizlarda:

➖Transport xizmatlari;
➖matematika va statistika;
➖ta’lim;
➖biznes va boshqaruv;
➖Gummanitar fanlar.


Yigitlarda esa:

➖Biznes va boshqaruv;
➖sog‘liqni saqlash;
➖san’at;
➖matematika va statistika;
➖axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.


Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan platformada batafsil tanishishingiz mumkin.

English


➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Older posts →

About this channel

How can I read @nqaaeuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi have?
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi (@nqaaeuz) has 3.91K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →