TGViewer
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi @nqaaeuz · 3.91K subscribers
Post #559 1.88K
Talabalar bildirgan muammolar bo‘yicha qanday choralar ko‘rildi?

2026-yilgi Umummilliy talabalar so‘rovnomasi asosida ta’lim muhitiga oid tahliliy sharh tayyorlandi.

Umumiy natijalarda ijobiy baholar ustun bo‘lsa-da, talabalar ishga joylashishga ko‘maklashish, baholashning adolatliligi, raqamli xizmatlar, auditoriya va laboratoriyalar hamda yashash sharoitlariga oid muammolarni ham ko‘targan.

Talabalar fikrini o‘rganish ishlari doirasida quyidagi choralar ko‘rildi:

Salbiy natijalar qayd etilgan oliygohlarga 162 ta ogohlantirish yuborilib, kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.

Bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalarini baholash uchun ‟Bitiruvchilar sifati indeksi — BSI” ishlab chiqilib, raqobatni rivojlantirish orqali talabalarni qo‘llab-quvvatlash kuchaytirildi.

Oliygohlar xodimlari uchun xorijiy tashkilotlarda maqsadli stajirovkalar yo‘lga qo‘yildi.


Bu choralar barcha muammolar to‘liq hal etilganini anglatmaydi. Ularning samarasi uzoq muddatli istiqbolda talabalar imkoniyatlaridagi amaliy o‘zgarishlarda ko‘rinadi.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
More from @nqaaeuz
  1. Oct 2, 2026🟢Ayni damda Britaniya menejment universitetida Kembridj universiteti olimlari, xorijiy ek…
  2. Oct 1, 2026Bugun bizga bilim bergan, fikrlashni, izlanishni va o‘zimizga ishonishni o‘rgatgan insonla…
  3. Sep 30, 2026Jahon Banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi Uchrashuvda ta’lim sifatini ta’minlash ti…
  4. Sep 29, 2026Ekspertlar safida talaba Talabalarning muammolarini o'rganishga harakat qilyapman — talaba…
  5. Sep 29, 2026Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi xodimi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdi…
  6. Sep 29, 2026Xalqaro ekspertimiz bilan tanishing Ahmet Özgür Yazaydın — London universitet kolleji (Uni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →