Bugun bizga bilim bergan, fikrlashni, izlanishni va o‘zimizga ishonishni o‘rgatgan insonlarni e’zozlaydigan kun.
Ustozning mehnati dars jadvali yoki auditoriya bilan cheklanmaydi. Har bir dars ortida bir insonning kelajagi, bir kasbga bo‘lgan qiziqishi, bir orzuning shakllanishi turadi.
Sifatli ta’lim avvalo, fidoyi va malakali ustozdan boshlanadi.
Bugun ta’limning barcha bo‘g‘inlarida yosh avlodga bilim va tarbiya berayotgan, o‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yangilikka intilayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Sizning mehnatingiz – bugunning ta’limi, ertangi jamiyat va kelajak avlod uchun qo‘yilayotgan eng muhim sarmoyalardan biridir.
Aziz ustozlar!
Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvaffaqiyat va shogirdlaringizning yutuqlaridan g'ururlanish baxtini tilaymiz.
Har bir bergan bilimingiz, har bir aytgan so‘zingiz va har bir qo‘llab-quvvatlashingiz kelajakda o‘z samarasini topsin!
Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! 💐
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Post #563
1.66K