TGViewer
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi @nqaaeuz · 3.91K subscribers
Post #543 5.87K
BSI: Qizlar tezroq ish topadi, yigitlarda esa maosh ko‘proq. Raqamlar yana nimani ko‘rsatmoqda?

Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar kesimida ham tahlil qilingan.

Natijalar qiziq manzarani ko‘rsatmoqda.

BSI natijalariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida bandlik darajasi 85,1 foiz, yigitlarda esa 80,4 foizni tashkil etgan. Qizlar o‘rtacha 2 oyda, yigitlar esa 3 oyda ishga joylashgan.

Biroq o‘rtacha ish haqi bo‘yicha manzara boshqacha: yigitlarda bu ko‘rsatkich 6 mln so‘m, qizlarda esa 3,9 mln so‘mni tashkil qilgan.

Mehnat bozorida yuqori natija qayd etilgan TOP-5 sohalar tahlil qilinganda, quyidagilarni ko‘rish mumkin:

Qizlarda:

➖Transport xizmatlari;
➖matematika va statistika;
➖ta’lim;
➖biznes va boshqaruv;
➖Gummanitar fanlar.


Yigitlarda esa:

➖Biznes va boshqaruv;
➖sog‘liqni saqlash;
➖san’at;
➖matematika va statistika;
➖axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.


Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan platformada batafsil tanishishingiz mumkin.

English


➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
More from @nqaaeuz
  1. Oct 2, 2026🟢Ayni damda Britaniya menejment universitetida Kembridj universiteti olimlari, xorijiy ek…
  2. Oct 1, 2026Bugun bizga bilim bergan, fikrlashni, izlanishni va o‘zimizga ishonishni o‘rgatgan insonla…
  3. Sep 30, 2026Jahon Banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi Uchrashuvda ta’lim sifatini ta’minlash ti…
  4. Sep 30, 2026Talabalar bildirgan muammolar bo‘yicha qanday choralar ko‘rildi? 2026-yilgi Umummilliy tal…
  5. Sep 29, 2026Ekspertlar safida talaba Talabalarning muammolarini o'rganishga harakat qilyapman — talaba…
  6. Sep 29, 2026Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi xodimi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →