Texnikumlarning 2025/2026 o‘quv yilida qabul parametrlarini shakllantirilishi, taqsimlanishi va bajarilish samaradorligi tahlil qilindi.
Bunga ko‘ra respublikada eng ommabop yo‘nalish – avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish ekanligi ma'lum bo'ldi. Mazkur yo'nalishga 249 130 nafar o‘quvchidan 50 208 nafari, ya’ni 20,2 foizi hujjat topshirgan.
Tahlilda hududlarning o'ziga xos bo'lgan yo‘nalishlari ham aniqlandi:
➖Toshkent shahrida – kompyuter tizimlarida dasturlash;
➖Samarqand viloyatida – sartaroshlik;
➖Surxondaryo viloyatida – qutqaruvchilik;
➖Farg‘ona viloyatida – tikuvchilik mahsulotlari dizayni;
➖Toshkent viloyatida – kimyoviy ishlab chiqarish laboranti;
➖ Navoiy viloyatida – foydali qazilmalarni maydalash va saralash.
Kasbiy taʼlim tizimida qabul parametrlarining batafsil sharhi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
