Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Malayziya xalqaro madaniy aloqalar markazi (ICCCM) bilan hamkorlikda oliygohlarda ta’lim sifatini ta’minlashga mas’ul xodimlarni "Ta’lim sifatini boshqarish va xalqaro ilg‘or tajribalar” xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.
Dastur Xitoyning Chengdu shahrida oktabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Dastur doirasida ishtirokchilar uchun:
➖Xitoyda oliy ta’limni rivojlantirish tarixi va milliy strategiyalar;
➖oliy ta’limni boshqarish tizimi va boshqaruv mexanizmlari;
➖ta’lim sohasida liderlik va xalqaro boshqaruv;
➖ta’lim tashkilotlariga amaliy tashriflar;
➖xalqaro tajriba almashinuvi va professional muloqotlar tashkil etiladi.
Dasturda ishtirok etish mutlaqo BEPUL.
✈️Ishtirokchilarning aviaparvoz, yashash, ovqatlanish va dasturda ishtirok etish bilan bog‘liq asosiy xarajatlari ICCCM tashkiloti tomonidan to‘liq qoplanadi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Oliygohlarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun mas’ul xodimlar.
Ishtirokchilarni saralash jarayoni sun’iy intellekt bilan ingliz tilida suhbat yordamida ushbu havola orqali amalga oshiriladi.
🌏Bu shunchaki safar emas.Balki xalqaro tajribani bevosita o‘rganish, yangi professional bilim va aloqalarga ega bo‘lish hamda o‘z oliy ta’lim tashkilotingizga sifatni oshirishga xizmat qiladigan yangi yondashuvlarni olib kelish imkoniyati.
Ta’lim sifati sohasida xalqaro tajriba oshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
