TGViewer
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi @nqaaeuz · 3.9K subscribers
Post #550 9.17K
Chirchiq davlat pedagogika universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari boshlandi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi doirasida oliygohga tashrif amalga oshirilmoqda.

Jarayonga jami 62 nafar, jumladan, 37 nafar mahalliy va 25 nafar xorijiy ekspert jalb qilingan bo‘lib, ular universitetda ta’lim sifati va uni ta’minlash mexanizmlarini har tomonlama o‘rganmoqda.

Tashrif davomida universitetning boshqaruv tizimi, ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilar faoliyati, ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari o‘rganilmoqda.


Ekspertlar, shuningdek, dars jarayonlarini kuzatib, talabalar, bitiruvchilar, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan suhbatlar o‘tkazmoqda. Talabalar turar joylaridagi sharoitlar, xavfsizlik, sanitariya-gigiyena, tibbiy xizmat va inklyuzivlik masalalari ham baholash jarayonining muhim qismi hisoblanadi.

Uch kunlik tashrif yakunida to‘plangan ma’lumotlar umumlashtirilib, universitet vakillari bilan dastlabki fikr-mulohazalar muhokama qilinadi.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
More from @nqaaeuz
  1. Oct 2, 2026🟢Ayni damda Britaniya menejment universitetida Kembridj universiteti olimlari, xorijiy ek…
  2. Oct 1, 2026Bugun bizga bilim bergan, fikrlashni, izlanishni va o‘zimizga ishonishni o‘rgatgan insonla…
  3. Sep 30, 2026Jahon Banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi Uchrashuvda ta’lim sifatini ta’minlash ti…
  4. Sep 30, 2026Talabalar bildirgan muammolar bo‘yicha qanday choralar ko‘rildi? 2026-yilgi Umummilliy tal…
  5. Sep 29, 2026Ekspertlar safida talaba Talabalarning muammolarini o'rganishga harakat qilyapman — talaba…
  6. Sep 29, 2026Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi xodimi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →