TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7096 7.47K
#mulohaza_uchun #maslahat

✍🏻 To‘g‘ri yozish uchun 10 ta tavsiya

1️⃣. Tinish belgisidan foydalanayotganda shu o‘rinda aniq shu belgi ishlatilishini bilsangiz, qo‘ying, bo‘lmasa, qo‘ymang. Shunda darak gapning oxirida ham so‘roq qo‘yib qo‘ymaysiz.

2️⃣. So‘zlarning to‘g‘ri yozilishini bilish uchun imlo lug‘at dasturlaridan foydalaning: muharrir, savodxon, imlo kabi dasturlar pley marketda bor.

3️⃣. Ko‘proq kitob o‘qing, diqqat bilan, albatta.

4️⃣. O‘zbekcha klaviatura o‘rnatib oling (masalan, Android uchun Klavus mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin).

5️⃣. Yozgan matningizni yuborishdan oldin o‘zingiz o‘qib ko‘ring.

6️⃣. O‘z o‘rnida bosh harflar, tinish belgilarini qo‘yishga erinmang.

7️⃣. Internetda bo‘laveradi degan qoida yo‘q. Bu dangasa, savodsizlar o‘zini oqlash uchun o‘ylab topgan gap. Qaysi bir hurmatli kishini, biror ustozni kuzatsangiz, internetda ham to‘g‘ri yozadi. Mana shunday kishilarga o‘xshashga harakat qilish kerak.

8️⃣. Jargon, shevalardan yozuvda foydalanmang. Sof adabiy tilda yozishga harakat qiling.

9️⃣. Xabaringizni rahbaringizga yozsangiz ham shunday yozarmidingiz? Qarshingizdagi kishi rahbaringiz bo‘lmagani behurmatlik qilishga loyiq degani emas.

🔟. @Xatoliklar, @OrifTolib va @Kitaabun kanallarini kuzatib boring. Iloji bo‘lsa, hammasini o‘qib chiqing.

📝 Manba: @Kitaabun

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
• Probel klavishidan to‘g‘ri foydalanishning grammatik qoidalari
• So‘zlarni avtoalmashtirish (Автозамена)
• Telegram'da yoki Telegram-da?
• Qo‘llanilgan formatni saqlagan holda post chiqarish
• Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar
• Telegram'da matnlarni ajratish
• Nega ba’zilar taslim bo‘lishadi yoki qanday qilib kanal yuritishni tashlab qo‘ymaslik?
• Postlar ostidagi mualliflarning ko‘rinib turishi haqida
• Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?
• Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
• Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar
• Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
  • 👍 4
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →