TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2453 51.6K
​​#telegramda_kanal_yuritish

📢 Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar. 🤖

Men kanalni yuritishda sizga yordam berishi mumkin bo‘lgan Telegram botlarini to‘pladim. Ba’zilari uchun esa foydalanish uchun ko‘rsatmalar keltirdim). Yaxshi, boshladik unda!

▪️@ControllerBot — ushbu bot bilan quyidagilarni amalga oshirish mumkin: postlarni tayyorlash va kanalga ma’lum vaqtda chiqishini sozlash, layklar qo‘shish, havolalar biriktirilgan tugmalar qo‘shish, rasmlarni biriktirish, matnga havolalarni qo‘shish. Ushbu bot har bir kanal adminida bo‘lishi lozim! Uni qanday yaratish va undan qanday foydalanish bo‘yicha sizlarga ko‘rsatma keltirdim.

▪️@LivegramBot — adminlar bilan savol/javoblar qilish uchun kanalga ulanuvchi maxsus bot. Kanalning tavsifida o‘z akkauntingizni qoldirdingiz va sizni xabarlar bilan ko‘mib tashlashyabdimi? Ushbu Feedback-botini yaratib oling, u chindan ham yordam beradi. Masalan mening botim - @itspecuz_comment_bot, unga yozasiz, u menga xabar beradi va men sizga u orqali javob yozaman. Qo‘llanmasi quyida keltirilgan.

▪️@ComenBot — agar sizga yozuvlaringiz uchun izohlar kerak bo‘lsa, unda ushbu bot postlaringizga izoh qoldirish imkonini beradi.

▪️@Crosser_Bot — ushbu bot yordamida o‘z Telegram kanallaringiz auditoriyasining boshqa kanallar bilan kesishmasini hisoblashingiz mumkin. O‘zaro auditoriyani baholash boshqa kanallarda reklamani samarali xarid qilishingizga imkon beradi. Siz shuningdek bu bot orqali o‘z auditoriyangizdagi “o‘lik obunachilar”ni aniqlab, ulardan kanalingizni tozalab turishingiz mumkin. Xullas, foydali bot). Qo‘llanmasi quyida keltirilgan.

▪️@TGstat_bot — kanalingiz statistikasi uchun bot. Bot kunlik ko‘rishlar soni, kunlik qamrov, boshqa kanallarda kanalingizni eslatilishlari soni va obunachilar miqdorini ko‘rsatadi.

▪️@Vote — matnli tugmalar yordamida so‘rovnomalarni yaratish boti, u orqali kanalingiz kuzatuvchilarining fikrlari va qiziqishlarini bilishingiz mumkin. So‘rovnomalarni anonim va noanonim tarzda uyushtirish mumkin.

▪️@Like — emodzilar yordamida, layk va dizlayklar uslubida so‘rovnomalarni yaratish boti. Kontentingiz qancha layk to‘plashini bilib oling. 😉

▪️@BotFather — botlarning otasi. Botlarni yaratish uchun bot.

🔰 Haaa, menimcha bo‘ldi) Matn ham hajmdor chiqdi, lekin bu adminlar uchun juda muhim axborot va men ko‘rsatmalarni ko‘rib chiqishingizni tavsiya etaman. Savollar yuzaga kelsa - @itspecuz_comment_bot’ga yozing va men yordam berishga harakat qilaman.

👨🏻‍💻@itspecuz & @tgcasher
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →