TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5054 23.8K
#maslahat

👨🏻‍🎓 Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar:

🔹 kimdandir (xoh u ustoz bo‘lsin, xoh siz kabi talaba) biror-nimani so‘rashdan qo‘rqmang - sizni yuksaltirishga xizmat qiluvchi rejalar o‘z-o‘zidan kelib qolmaydi;

🔸 seminarlarni shunchaki qo‘l qovushtirib o‘tkazmang, balki faol ishtirokchisi bo‘ling - baribir javob berishingizga to‘g‘ri keladi, lekin bu safar siz uchun savolni o‘zingiz emas, balki o‘qituvchi tanlaydi;

🔹 testlar, kollokviumlar, o‘tkazib yuborilgan amaliyot darslari va ma’ruza konspektlari bilan bog‘liq qarzlaringizni darhol qayta topshiring;

🔸 siz uchun zerikarli bo‘lsa ham, bu sohaga oid fan bo‘lmasa ham, hattoki buni keyinchalik mustaqil o‘rganishga to‘g‘ri kelsa ham, dars vaqti (para)da chalg‘imang - o‘qituvchilar o‘zlari uchun alohida belgilab borishmasa-da, barchasiga e’tibor berishadi;

🔹 o‘zingiz bilan fleshka olib yuring;

🔸 paralarga xuda-behuda noutbuk olib yurishga shoshmang - ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan qimmatbaho qurilmani olib yurgandan ko‘ra, ehtimol, sizga qo‘lda yozish varianti durustroqdir;

🔹 kursdoshlaringizdan yordam so‘rashdan yoki bir jamoa bo‘lib ishlashni taklif etishdan o‘zingizni olib qochmang - bundan sizga ham, boshqalarga ham osonroq, qolaversa ma’lumot ham tez izlab topiladi;

🔸 turli manbalardan foydalaning, faqatgina konspektlarga tayanib ish tutmang;

🔹 agar bir kunlik paralar soni ko‘p bo‘lsa, o‘zingiz bilan yo suv/choy va tezkor tanovul uchun yegulik, yo (agar mavjud bo‘lsa, albatta) bunga yetarli miqdorda mablag‘ olib yuring;

🔸 hajmi 350-500 ml'lik kichik termos - foydali narsa: paralarda yoki ularning oralig‘ida issiq kofe/choy/tovuq bulyoni ichib yurish mumkin;

🔹 o‘zingiz bilan yalpiz ta’mli konfetlar olib yuring - inson tanovul qilayotgan payti uxlab qolishi mushkuldir;

🔸 ko‘k choy kofega nisbatan yaxshiroq tetiklashtiradi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar aytilishini bilasizmi?
• Talabalar uchun tavsiyalar
• Ustoz haqida
• Psixolog va talabalar
• Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi
• “Qanday qilib frilanser bo‘lish mumkin“ligi to‘g‘risidagi to‘liq ko‘rsatmalar yoki hamyurtimiz hikoyasi
• Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik — XXI asr epidemiyasi
• Bir daqiqada uyquga ketish
• Kanaldagi ingliz va rus tillariga oid postlar
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 3
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →