TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1441 3.56K
​​#maslahat

😴 Bir daqiqada uyquga ketish

Uyqusizlik bilan kurashishda oddiy nafas olish mashqi yordam berishi haqida Layfxaker xabar beradi.

Nima qilish kerak?

Ushbu maksimal oddiy texnika 4-7-8 deya nomlanadi. O‘zingizga qulay tarzda yotib oling. Burningiz orqali 4 soniya davomida nafas oling (havoni o‘pkangizga to‘plang). Nafasingizni 7 soniya ushlab turing. Og‘zingiz orqali 8 soniya davomida nafasingizni chiraqing. Uxlab qolguningizga qadar shu tarzda nafas olishni davom ettiring.

Nima uchun bu usul samarali?

Garvard universitetining tibbiyot xodimi Endryu Veyl (Andrew Weil) o‘zining ma’ruzalaridan birida ushbu mashqni eng samarali bo‘shashtirish va tez uyquga ketish usuli sifatida ta’rifladi. Mohiyatiga ko‘ra ushbu nafas olish tizimi – tabiiy sedativ hisoblanadi.

Ushbu davriy ritmda nafas olish asab tizimini tinchlantirishga yordam beradi. Bu hind yoglari tomonidan maksimal bo‘shashish holatiga erishish uchun meditatsiya sifatida qo‘llanilgan qadimiy texnika hisoblanadi. Buni nafaqat siz tez uyquga ketishni istaganingizda, balki shunchaki tinchlanib olishingiz uchun ham qo‘llashingiz mumkin.

Agar muntazam ravishda 4-7-8 tizimida nafas olinsa, vaqt o‘tib sizga bo‘shashganlik holatiga erishish tobora osonlashib boraveradi.

👨🏻‍💻 @itspecuz
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →