#telegramda_kanal_yuritish
😤Nega ba’zilar taslim bo‘lishadi yoki qanday qilib kanal yuritishni tashlab qo‘ymaslik?
O‘ylaymanki, avvalgi postlarimni o‘qib chiqqan holda, nega Telegram’da biznes qilish lozimligini tushundingiz. Endi biz juda muhim bosqichga - o‘z kanalimizni yaratishga yaqinlashdik.
Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, ko‘pchilik ushbu bosqichga mas’uliyatsizlik bilan yondashadi. Rivojlanish strategiyasi bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘lmagan holda, shunchaki kanal yaratishadi. Bunday yondashuv muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi aniq! Siz shunchaki motivatsiyani yo‘qotib, kanalni tashlab qo‘yasiz. Buni qanday qilib oldini olish mumkin? Reja bo‘yicha, tizimli ishlash! Buningsiz men aytganimdek siz shunchaki taslim bo‘lasiz. Reja - har ishning asosidir!
Shuning uchun keyingi haftalar mobaynida so‘z yuritiladigan asosiy bosqichlar haqida yozib o‘taman:
1) Kanal mavzusini tanlash;
2) Kanalning kontenti (tarkibidagi maqolalar va boshqa materiallar);
3) Kanal dizayni;
4) Kanalning to‘g‘ri va samarali rivojlantirib borilishi;
5) Kanalning daromad manbaini aniqlash.
Agar u-bu kimda kanal yaratish bilan bog‘liq qandaydir ishlanmalari bo‘lsa, ularni mukammallashtiring, agarda g‘oyalar hali bo‘lmasa – u holda o‘ylab ko‘ring!
👨🏻💻@itspecuz & @tgcasher
Post #2190
7.59K