TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5849 6.59K
#mulohaza_uchun #word

⌨️ Probel klavishidan to‘g‘ri foydalanishning grammatik qoidalari

Probel — bu soʻzlar orasidagi boʻsh joy, interval. Afsuski, koʻpchilik buni oʻz oʻrnida ishlata olmaydi. Shu bois bugun uni toʻgʻri qoʻllashni oʻrganamiz:

1. Har bir soʻz orasi ochib yoziladi:
Xushkelibsiz ❌
Xush kelibsiz ✅

2. Nuqtadan keyin joy ochib yoziladi:
Salom.Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅

3. Nuqtadan oldin probel qoʻyilmaydi:
Salom .Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅

4. Vergul, ikki nuqta (:), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), soʻroq belgisi (?), gap soʻngidagi uch nuqta (...) uchun ham xuddi shu qoidalar amal qiladi:
Nima ?Ha ,mayli ❌
Nima? Ha, mayli ✅

5. Defis (-) bilan yoziladigan juft soʻzlar, takror soʻzlar, baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) orasida boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
Oldi - berdi ❌
Oldi-berdi ✅

Asta - sekin ❌
Asta-sekin ✅

6. Umuman olganda, defisning ikki tarafida hech qachon boʻsh joy boʻlmaydi. Faqatgina osma defis bundan mustasno:
5 - noyabr ❌
5-noyabr ✅

Audio - va videoaloqa ❌
Audio- va videoaloqa ✅

7
. Vaqt oraligʻini ifodalash uchun ishlatiladigan qisqa tire (–) qatnashgan soʻzlar boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
3 – 4 dona ❌
3–4 dona ✅

1941 – 1945-yillar ❌
1941–1945-yillar ✅

8
. Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tire (—) har ikki tomondan boʻsh joy qoldirib yoziladi:
Til—bu millat gʻururi ❌
Til — bu millat gʻururi ✅

Qaragʻay—bu daraxt ❌
Qaragʻay — bu daraxt ✅

9
. Qavs ichidagi soʻz yoki soʻzlar qavsdan ajratmay yoziladi:
( Qavs ichidagi soʻz ) ❌
(Qavs ichidagi soʻz) ✅

10. Qoʻshtirnoq ichidagi soʻzlar ham qoʻshtirnoqdan ajratmay yoziladi:
« Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz » ❌
«Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz»
✅

11. Son yoki boshqa biror belgidan soʻng birikib kelgan qoʻshimchalar ajratib yoziladi:
15dan ziyod ❌
15 dan ziyod ✅

100%gacha ❌
100% gacha ✅
(❗️Foiz belgisini son bilan qoʻshib yoki ajratib yozish borasida turli qarashlar mavjud)

12. Dona sonlar raqamlar bilan yozilsa, ta alohida yoziladi:
5ta ❌
5 ta ✅

📌 P.S.: Yana biror holatlar esga kelib qolsa, ushbu matn toʻldirib boriladi.

📝 Manba: @xatoliklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →