#mulohaza_uchun
Osma defis qoidasi ☝🏻
Tilimizda ikki qism (o‘zak)dan tashkil topgan so‘zlar qo‘shma so‘zlar deyiladi: tog‘olcha, beshbarmoq, tokqaychi, ko‘zoynak.
Boshqa tillardan o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar ham bor: avtopoyga, videoaloqa, video-konferens-aloqa, videolavha, aviahalokat.
Gapda shunday birikmalarning ikkitasi ketma-ket kelsa va ularning ikkinchi qismi bir xil bo‘lsa, bu qismni birinchi so‘z birikmasida tushirib qoldirish mumkin. Bunda birinchi so‘zdan keyin chiziqcha (defis) qo‘yiladi. Bunday chiziqchani shartli ravishda osma defis deb qo‘yaqolamiz.
📋 Misol uchun: “Radiodastur va teledastur” demasdan “Radio- va teledastur” deyish mumkin.
Avtopoygalar va motopoygalar 👌
Avto- va motopoygalar 👍
Audioaloqa va videoaloqa 👌
Audio- va videoaloqa 👍
Ekonom-klass va biznes-klass 👌
Ekonom- va biznes-klass 👍
1-sinf va 2-sinf o‘quvchilari 👌
1- va 2-sinf o‘quvchilari 👍
1-noyabr va 5-noyabrda 👌
1- va 5-noyabrda 👍
📝 Manba: @xatoliklar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #4282
10.8K