TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5006 19K
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish #maslahat

Telegram'da matnlarni ajratish 🔤

Matn qanchalik uzun bo‘lsa, uni o‘qish va idrok qilish shunchalik qiyinlashib boraveradi, ayniqsa bu reklama matni bo‘lsa.

Shu bois kopirayting sohasida matndagi ba’zi so‘z yoki jumlalarga jilo berish orqali mijozlar e’tibori tortiladi.

Quyida Telegram'da matnlarni ajratib ko‘rsatishning qanday usullari borligini ko‘rib chiqamiz:

1️⃣. Sarlavha, bandlar nomlari va boshqa muhim so‘zlarni yo‘g‘on yozish orqali ajratish mumkin: buning uchun kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va B klavishlarini bosing.

2️⃣. So‘z yoki uning ma’nolarida, urg‘u berishda, qo‘shimcha izohlarda, og‘zaki nutqni ifodalash yoki boshqa hollarda matnni yotiq (qiya) shaklga keltirish mumkin: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va I klavishlarini bosing.

3️⃣. So‘zning ostiga chizish orqali ham unga o‘zgacha urg‘u berish imkoni bor: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va U klavishlarini bosing.

4️⃣. Matnni yozish jarayonida fikringiz o‘zgarib qolganini ifodalash uchun yoki hazil tariqasida so‘zni yo‘qotish o‘chirish funksiyasidan foydalanib tursangiz ham bo‘ladi: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL, SHIFT va X klavishlarini bosing.

5️⃣. Reklama sohasida havola (link)siz ish bitmaydi. Uni so‘z yoki jumla ortiga joylashtirish uchun kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va K klavishlarini bosing, keyin kerakli havolani kiriting.

📝 Manba: @xatoliklar

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu ruknlar ostida joylashtirilgan boshqa postlarimiz bilan tanishing:
• Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar
• Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlari
• Spoyler formatlanishi
• Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?
• Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari.
• Telegram Desktop'da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar
• Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →