Nomla — jilovlaKecha bog'chada bir holatni ko'rdim. Bola o'yinchoq talashib yerga yotib oldi, ona esa: «Bas qil! Uyat bo'ladi!» deb baqirdi. Bola battar chinqirdi. Biz baqirishni tarbiya deb o'ylaymiz, lekin aslida bu yong'inga benzin sepishdir.
Bola g'azablanganda «to'xta!» deb baqirish foydasiz. Bu shunchaki shovqin.
Buning o'rniga tuygʻuni nomlang: «Hozir juda jahling chiqdi, toʻgʻrimi?».
Neyrologiyada buni «name it to tame it» (nomla va jilovla) tamoyili deyiladi. Hissiyotni soʻz bilan atash miyaning oldingi peshona boʻlagini (prefrontal cortex) faollashtiradi. Bu qism — miyaning «tormozi» (self-regulation). U amigdala (hissiyotlar markazi) yuborgan «yongʻin» signalini oʻchira boshlaydi.
Ha, og'ir. Lekin haqiqat.
Oʻzingiz ham gʻazabda boʻlsangiz, bolaga yordam berolmaysiz. Avval oʻzingizni, keyin uning hislarini jilovlang.
Bugun kechqurun sinab koʻrimg. Bola injiqlik qilsa, baqirmang, shunchaki tuyg'usini nomlang. Oʻzgarishni boladan emas, oʻzingizdan boshlang. Tamom.
@ekransiz#Emot…