«Faqat bugun mayli...»
Ko‘p oilalarda ko‘rganman: ona charchagan, bola esa telefon so‘rab xarxasha qilyapti. Ona taslim bo‘ladi. «Faqat bugun mayli», deydi. Mana shu jumla — tarbiyadagi eng katta xato.
Bugun «ha», ertaga «yo‘q» bo'lishi bolani chalkashtiradi. U chegarani sinashda davom etaveradi. Chunki tizim buzildi. Izchillik — bu qattiqqo‘llik emas. Bu bolaga «bu dunyoda tartib bor» degan xavfsizlik hissini berishdir.
Har bir «istisno» — keyingi janjalning urug‘i.
Psixolog sifatida aytaman: sizning so'zingiz vaziyatga qarab o'zgarmasligi shart. Agar qoidani o‘zingiz buzsangiz, boladan tartib kutmang.
Bugun uyga borgach, eng kichik qoidangizda ham sobit turing. Tamom.
@ekransiz
#Habits #Ekransiz
Post #376
931

- 👍 3