«Dam olish kunlari ko‘proq ko‘ra qol»
Ko‘p ota-onalarda bir odat bor: ish kunlari ekranni qattiq cheklab, shanba va yakshanba kunlari bolaga «erkinlik» berishadi. Go‘yoki ish kunlaridagi «tejamkorlik» dam olish kunlari kompensatsiya qilinadigandek.
Miya bunday ishlamaydi.
Ekran vaqti — bu omonat kassa emas. Bugun «tejab», ertaga ikki barobar ishlatish mumkin emas. Bolaning nozik asab tizimi tormozi (self-regulation — o‘zini tuta bilish) dam olish kunlaridagi «dofamin portlashi»dan keyin shunchaki ishdan chiqadi.
Dushanba kuni bog‘cha yoki maktabda bola injiqmi? Diqqatsiz va tajovuzkor bo‘lib qoldimi? Hayron bo‘lmang.
Zarar to‘planadi. U bir kunda yuvilmaydi.
Psixolog sifatida aytaman: tartib yetti kunlik bo‘lishi shart. Dam olish kunlari — bu ekranni ko‘paytirish emas, balki jonli muloqotni, tabiatni va birgalikdagi o‘yinlarni ko‘paytirish vaqtidir.
Hozir telefon berib tinchlantirish oson. Lekin poydevor bugun quyilyapti. G‘ishtni qiyshiq qo‘ymang.
@ekransiz
#Screentime #Ekransiz
Post #377
539

- ❤ 3