«Hozir ber!»
Kecha do'konda bir holatga guvoh bo'ldim. 5 yashar bola shokoladni deb yerga yotib oldi, ona esa uyalganidan darrov olib berdi. Biz qulaylikni tanladik, lekin evaziga bolaning irodasini o'ldiryapmiz.
Bolangiz nimadir istasa, darhol chinqirib talab qilyaptimi? Bu shunchaki injiqlik emas. Bu — uning «asab tizimi tormozi» (self-regulation) ishlamayotganidan dalolat.
Bola nimadir istaganda «Hozir bo'lmaydi, juma kuni olamiz» deb kutishga o'rgatsangiz, uning «oldingi peshona bo'lagi» (prefrontal cortex) mashq qiladi. Har bir «hozir emas, keyin» — irodaning bir tomchisi. Doim darhol beriladigan narsa — sabrni o'ldiradi. Miya dofamin (dopamine) oqimini kutishni o'rganishi shart.
Aks holda, kelajakda o'zini boshqara olmaydigan, irodasiz insonga aylanadi.
Yo'q — degan so'zingiz qoya bo'lsin. Qattiq, lekin mehrli qoya.
Bugun uyga borgach, kichik bir sinov o'tkazing. Bolangiz shirinlik so'rasa, «ovqatdan keyin» deb 15 daqiqa kuttiring. O'sha 15 daqiqa — uning kelajagi uchun poydevor. O'zga…
Post #371
977

- ❤ 3
- 🍓 1