TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal

AGMK - OKMK | Rasmiy kanal

@ao_agmk

«Olmaliq KMK» AJ
O'zbekiston, Toshkent vil., Olmaliq sh. A.Temur, 53 uy.
E-mail: info@agmk.uz
веб-сайт: www.agmk.uz
www.facebook.com/agmkofficial
https://t.me/ao_agmk
https://www.instagram.com/agmkofficial
Ishonch telefoni: 71 61 9 23 33
@agmk_bot
Subscribers
28.1K
Photos
34.1K
Videos
2.6K
Links
22.8K
Recent Posts 12 shown
Post #49177 1.91K
#Yashil_makon

OKMK Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasining 3-temir yo‘l sexi hududidagi issiqxonada ekzotik feyxoa tropik o‘simligi ilk bor hosilga kirdi.


🏞 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida erishilgan bu o‘ziga xos natija korxona mehnat jamoasining yashil hududlarni kengaytirish va noyob o‘simliklarni mahalliy sharoitda yetishtirish borasidagi mehnati samarasidir.

Ma’lumot uchun, loyiha doirasida STTB tomonidan 22 gektar yer maydoniga jami 156 505 dona terak ko‘chati ekilib, 60 000 dona terak qalamchasi parvarishga olindi.

Shuningdek, “Yashil makon” bog‘iga 800 dona pavloniya va 300 dona uzum ko‘chatlari o‘tqazildi. Bundan tashqari, 2-temir yo‘l sexi qoshidagi yangi vagonlarni ta’mirlash punkti hududida 50 dona o‘rik, 87 dona olma va 150 dona gilos ko‘chatlaridan iborat yangi bog‘ barpo etildi. “Yoshlar bog‘i” hududiga esa 300 dona o‘rik, 105 dona shaftoli, 420 dona olxo‘ri, 250 dona behi va 150 dona gilos ko‘chatlari ekilib, yashil maydon yana-da kengaytirildi. 3-temir yo‘l sexi hududidagi 3,4 gektar maydonga 1300 dona hamda Vagon xizmati hududidagi 0,5 gektar maydonga 190 dona behi ko‘chati o‘tqazilib, yangi bog‘lar yaratildi.

Shu bilan birga, boshqarma issiqxonasida 50 000 dona bir yillik gullar yetishtirilib kombinat bo‘linmalariga tarqatildi, STTB sex va xizmatlari hududiga esa 4 000 dona atirgul ekildi.
———
#Зелёный_край
 
В теплице железнодорожного цеха №3 управления промышленного железнодорожного транспорта впервые дали плоды экзотические растения фейхоа.
 
🏞Этот результат, достигнутый в рамках общенационального проекта «Яшил макон» («Зелёный край»), стал ещё одним свидетельством труда коллектива предприятия по расширению зелёных зон и выращиванию редких растений в местных условиях.
 
Для справки: в рамках проекта на территории площадью 22 гектара управлением промышленного железнодорожного транспорта было высажено 156 505 саженцев тополя, а ещё 60 000 черенков тополя взято на уход и выращивание.
 
В саду «Яшил макон» высажено 800 саженцев павловнии и 300 виноградных саженцев. На территории нового пункта ремонта вагонов при ЖДЦ-2 заложен новый сад, в котором высажено 50 саженцев абрикоса, 87 яблонь и 150 саженцев вишни. В саду «Ёшлар боғи» высажено 300 саженцев абрикоса, 105 – персика, 420 – сливы, 250 – айвы и 150 – вишни, благодаря чему площадь зелёных насаждений была значительно расширена. На территории ЖДЦ-3 на площади 3,4 гектара высажено 1 300 саженцев айвы, ещё 190 саженцев – на территории Вагонной службы площадью 0,5 гектара.
 
Кроме того, в теплице управления выращено 50 000 однолетних цветочных растений, которые затем распределили между подразделениями комбината. На территориях цехов и служб УПЖТ также высажено 4 000 кустов роз.

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
Post #49174 2.74K
Komplayens nazorati ustuvor vazifa: OKMK vakillari Xalqaro loyiha yakunlariga bag‘ishlangan nufuzli tadbirda qatnashdi

💠 Joriy yilning 24-sentyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan AQSh Davlat departamentining Xalqaro giyohvand moddalar va huquqni muhofaza qilish masalalari byurosi ko‘magida O‘zbekistonda amalga oshirilgan qo‘shma loyiha yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Loyiha doirasida IHTT tomonidan berilgan tavsiyalarni O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan beshta ustuvor yo‘nalishdan iborat amaliy qo‘llanmalar va tavsiyalar ishtirokchilarga taqdimot qilindi.

Xususan, ushbu qo‘llanmalar "Korrupsiya haqida xabar beruvchi shaxslarni himoya qilish", "Sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash", "Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik mexanizmlarini takomillashtirish", "Biznesda halollikni ta’minlash" hamda "Davlat xaridlari tizimida korrupsiyaning oldini olish" kabi dolzarb masalalarni qamrab olgan.

Mazkur materiallarni tayyorlash doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida IHTT ekspertlari, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul davlat idoralari, huquqni muhofaza qilish organlarining rahbar va mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida tematik muhokamalar tashkil etildi.

Tadbirda ushbu amaliy qo‘llanmalar taqdimot qilinib, ularda nazarda tutilgan xalqaro standartlar, ilg‘or xorijiy tajriba va milliy tizimni takomillashtirishga qaratilgan aniq tavsiyalar xorijiy hamda mahalliy expertlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Asosiy e’tibor xalqaro standartlarni milliy qonunchilik va mahalliy amaliyotga keng joriy qilish, shuningdek, tegishli soha va yo'nalishlarda korrupsiyani barvaqt aniqlash hamda korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini yana-da kuchaytirish masalalariga qaratildi.

Muhokamalar yakunida mas’ul davlat organlari hamda ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish, zarur qonunchilik va institusional mexanizmlarni yanada takomillashtirish hamda mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni izchil davom ettirish bo‘yicha kelgusi amaliy qadamlar belgilab olindi.

Alohida ta'kidlash joizki, mazkur tadbirda “Olmaliq KMK”AJning vakili - Kombinat Markaziy apparat Komplayens boʻlimi boshlig'i - Bosh komplayens nazoratchi - Sh. Jo‘rayev ham faol ishtirok etdi.

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
Post #49173 2.89K
Pora - shunchaki pul emas, kimningdir haqiga qilingan xiyonat !

Bir konvert ortida kimningdir haqqi, kimningdir umidi, kimningdir esa adolatga bo‘lgan ishonchi turishi mumkin.

Pora evaziga qabul qilingan har qanday noxolis qaror - nafaqat qonunga, balki kimningdir haqqiga qilingan xiyonatdir.

Halollikdan chekinmang. Vijdoningizni sotmang. Adolatni sotmang.

Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymang !
———

“Olmaliq KMK” AJning korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari:

🌐 Telegram – @agmk_bot;
☎️ Ishonch telefoni: (+998 71) 619 23 33 yoki (+998 71) 619 51 16;
📨 Elektron pochta manzili:   stop.corruption@agmk.uz.

Yoki Agentlikning “Call-markazi” – 1253, 1520 yoki 1161 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
Post #49168 3.15K
#Mahalliylashtirish

Mahalliylashtirish dasturi: Innovatsion g'oyalar amaliyotga


✈️Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida importga qaramlikni keskin qisqartirish, ichki ishlab chiqarish imkoniyatlaridan oqilona va keng foydalanish hamda tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo'yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
➡️BATAFSIL
———
#Локализация

Программа локализации: инновационные идеи внедряются на практике

✈️На Алмалыкском горно-металлургическом комбинате последовательно ведётся системная работа по сокращению зависимости от импорта, рациональному и максимально полному использованию внутренних производственных возможностей, а также развитию межотраслевой промышленной кооперации.
➡️ПОДРОБНО

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
Post #49167 3.43K
#haftalik_yangiliklar_dayjesti

💠Ogohlik va qonun ustuvorligi dolzarb masala
💠Zamonaviy standartlar — sifat kafolati
💠Strategik sheriklik: OKMK va Xalqaro mis assotsiatsiyasi hamkorligi kengaymoqda
💠“GEOMIN 2026” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilari OKMKda boʻlishdi
💠Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi amalda
💠Pensiya ta’minotidagi islohotlar muhokama markazida
💠Tarixiy kun
💠“Uyg‘on, hey Turkiston”
💠Ish o‘rnini qadrlash va halol mehnat — bosh mezon
💠OKMK atleti viloyat kubogini qo‘lga kiritdi
💠Raqamli kelajak sari: OKMK mutaxassislari “ICTWEEK 2026”da
💠Yangi O‘zbekiston strategiyasi: Milliy dasturlar — xalq farovonligi va yuksak taraqqiyot poydevori
💠Xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar — e’tibor markazida
💠“Eng yaxshi ustoz–shogird” ko‘rik-tanlovi start oldi
💠Xalqaro hamkorlik istiqbollari: Polsha delegatsiyasi OKMKda bo‘ldi
💠Ogohlik — “tilsiz yov”dan asraydi
💠Mahallada jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi
———
#еженедельный_дайджест_новостей

💠Ответственность, дисциплина и безопасность – в центре внимания
💠Современные стандарты – гарантия качества
💠АГМК и Международная медная ассоциация расширяют сотрудничество
💠Участники международной конференции «GEOMIN 2026» посетили АГМК
💠Интеграция образования и производства: от теории к практике
💠Пенсионная реформа: ключевые изменения и новые возможности
💠О Родине, памяти и духовных ценностях: на АГМК состоялась встреча с Баратом Исроилом
💠Добросовестный труд – основа достойной жизни
💠Атлет АГМК завоевал Кубок Ташкентской области
💠На пути к цифровому будущему: специалисты АГМК – на «ICTWEEK 2026»
💠Условия для работников – в центре внимания
💠Стартовал конкурс наставников и учеников
💠Перспективы международного сотрудничества: польская делегация посетила АГМК
💠Бдительность – защита от «безмолвного врага»
💠В махалле «Абдулла Кадыри» прошли общественные слушания

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
Post #49163 4.9K
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladi

Joriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.

❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?

2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.

⚡ Eng muhim kafolatlar

✔️Murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi.
Bunday ma’lumotlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
✔️ Rahbar ustidan murojaat tushsa, masala yuqori turuvchi instansiyaga avtomatik yo‘naltiriladi.
Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi.
✔️ Murojaat uchun bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

⛔Qaror materiallarida xodim o‘z huquqlarini himoya qilgani uchun uning ish sharoitlarini yomonlashtirish yoki jazolashga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan.


👍 Zarur holatlarda “112” orqali vakolatli organlarga yuborish mexanizmi ham tizimga integratsiya qilinadi.

📌Bu faqat shikoyat tizimi emas

🔷Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari har yili qisqa trening kurslarida o‘qitiladi. Har bir tashkilotda portalni yuritish va profilaktik treninglarni tashkil etish uchun kamida bir nafar mas’ul xodim belgilanadi.

🔷Nodavlat tashkilotlar uchun ham dmi.mehnat.uz tizimida mazkur imkoniyatlardan ixtiyoriy foydalanish sharoiti yaratiladi.

⛔Qarorning asosiy mazmuni bitta: ish joyidagi tazyiq yoki zo‘ravonlikni yashirish emas, uni xavfsiz bildirish, xolis ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilishning aniq mexanizmi yaratilmoqda.


✅ Hurmat — imtiyoz emas. Xavfsiz ish muhiti esa endi alohida talab emas, tizimli vazifaga aylanmoqda.

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱X
Older posts →

About this channel

How can I read @ao_agmk without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for AGMK - OKMK | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does AGMK - OKMK | Rasmiy kanal have?
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal (@ao_agmk) has 28.1K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does AGMK - OKMK | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →