TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28.1K subscribers
Post #49177 4.67K
#Yashil_makon

OKMK Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasining 3-temir yo‘l sexi hududidagi issiqxonada ekzotik feyxoa tropik o‘simligi ilk bor hosilga kirdi.


🏞 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida erishilgan bu o‘ziga xos natija korxona mehnat jamoasining yashil hududlarni kengaytirish va noyob o‘simliklarni mahalliy sharoitda yetishtirish borasidagi mehnati samarasidir.

Ma’lumot uchun, loyiha doirasida STTB tomonidan 22 gektar yer maydoniga jami 156 505 dona terak ko‘chati ekilib, 60 000 dona terak qalamchasi parvarishga olindi.

Shuningdek, “Yashil makon” bog‘iga 800 dona pavloniya va 300 dona uzum ko‘chatlari o‘tqazildi. Bundan tashqari, 2-temir yo‘l sexi qoshidagi yangi vagonlarni ta’mirlash punkti hududida 50 dona o‘rik, 87 dona olma va 150 dona gilos ko‘chatlaridan iborat yangi bog‘ barpo etildi. “Yoshlar bog‘i” hududiga esa 300 dona o‘rik, 105 dona shaftoli, 420 dona olxo‘ri, 250 dona behi va 150 dona gilos ko‘chatlari ekilib, yashil maydon yana-da kengaytirildi. 3-temir yo‘l sexi hududidagi 3,4 gektar maydonga 1300 dona hamda Vagon xizmati hududidagi 0,5 gektar maydonga 190 dona behi ko‘chati o‘tqazilib, yangi bog‘lar yaratildi.

Shu bilan birga, boshqarma issiqxonasida 50 000 dona bir yillik gullar yetishtirilib kombinat bo‘linmalariga tarqatildi, STTB sex va xizmatlari hududiga esa 4 000 dona atirgul ekildi.

———
#Зелёный_край
 
В теплице железнодорожного цеха №3 управления промышленного железнодорожного транспорта впервые дали плоды экзотические растения фейхоа.
 
🏞Этот результат, достигнутый в рамках общенационального проекта «Яшил макон» («Зелёный край»), стал ещё одним свидетельством труда коллектива предприятия по расширению зелёных зон и выращиванию редких растений в местных условиях.
 
Для справки: в рамках проекта на территории площадью 22 гектара управлением промышленного железнодорожного транспорта было высажено 156 505 саженцев тополя, а ещё 60 000 черенков тополя взято на уход и выращивание.
 
В саду «Яшил макон» высажено 800 саженцев павловнии и 300 виноградных саженцев. На территории нового пункта ремонта вагонов при ЖДЦ-2 заложен новый сад, в котором высажено 50 саженцев абрикоса, 87 яблонь и 150 саженцев вишни. В саду «Ёшлар боғи» высажено 300 саженцев абрикоса, 105 – персика, 420 – сливы, 250 – айвы и 150 – вишни, благодаря чему площадь зелёных насаждений была значительно расширена. На территории ЖДЦ-3 на площади 3,4 гектара высажено 1 300 саженцев айвы, ещё 190 саженцев – на территории Вагонной службы площадью 0,5 гектара.
 
Кроме того, в теплице управления выращено 50 000 однолетних цветочных растений, которые затем распределили между подразделениями комбината. На территориях цехов и служб УПЖТ также высажено 4 000 кустов роз.


📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Sep 29, 2026E’tirof 💠 Bugun, 29-sentyabr kuni, yaqinlashib kelayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni…
  2. Sep 29, 2026#Diqqat 📌 15-oktabr - jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi…
  3. Sep 29, 2026#Oʻqituvchi_va_murabbiylar_kuni #UstozgaEhtirom Kun fotosi 📚 “O‘rganishdan charchamayman,…
  4. Sep 29, 2026Trest xodimlari kibertahdidlardan ogohlantirildi 💠Kuni kecha “Olmaliqmetallurgqurilish” t…
  5. Sep 29, 2026⚡Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13 "Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz…
  6. Sep 29, 2026#ODTI #KelajakMuhandislari #IlmVaInnovatsiya #ODTIYutuqlari “KELAJAK MUHANDISLARI” — ODTI…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →