TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28.1K subscribers
Post #49207 2.58K
Trest xodimlari kibertahdidlardan ogohlantirildi

💠Kuni kecha “Olmaliqmetallurgqurilish” trestida ishchi-xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlash, tovar-moddiy boyliklarni asrash hamda kiberjinoyatchilikning oldini olish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik bo‘limi va OKMKdagi IIB xodimlari, korxona rahbariyati hamda kasaba uyushmasi mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbirda Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi, leytenant Sh.Yuldashev so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Xususan, bank plastik kartalarining maxfiy kodlarini (SMS-kod) hech kimga aytmaslik, shubhali havolalarga (link) kirmaslik hamda soxta “yutuqli o‘yinlar” va internetdagi moliyaviy tuzoqlardan ogoh bo‘lish qoidalari xodimlarga batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, trest boshlig‘i o‘rinbosari B. Mingboyev hamda Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB tezkor vakili, mayor B. Rustamov korxona hududidagi mol-mulk va asbob-uskunalarni muhofaza qilish mas’uliyatiga to‘xtalib o‘tishdi. Tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib chiqish va talon-torojlik holatlari qonun oldida ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi qat’iy eslatib o‘tildi.

Tadbir yakunida trest Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi O.Sarkayev so‘zga chiqib, ichki tartib-qoidalarga rioya etish va mehnat muhofazasi masalalariga to‘xtaldi hamda bu kabi uchrashuvlar jamoada qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

———
В ТОМК состоялось профилактическое мероприятие
 
💠На днях  в тресте «Олмаликметаллургкурилиш» состоялась профилактическая встреча, направленная на повышение правовой грамотности работников, укрепление здоровой атмосферы в коллективе, обеспечение сохранности товарно-материальных ценностей и предупреждение киберпреступности.
 
В мероприятии приняли участие сотрудники отдела кибербезопасности ГУВД Ташкентской области и отдела внутренних дел при АГМК, руководство предприятия, а также представители профсоюзного комитета.
 
Сотрудник отдела кибербезопасности ГУВД Ташкентской области, лейтенант Ш. Юлдашев подробно рассказал о случаях мошенничества, которые в последнее время совершаются через социальные сети и мессенджеры.
 
Особое внимание было уделено основным правилам цифровой безопасности: никому не сообщать конфиденциальные коды банковских карт, в том числе SMS-коды, не переходить по подозрительным ссылкам, а также остерегаться ложных «розыгрышей» и различных финансовых схем в интернете.
 
Заместитель начальника ТОМК Б. Мингбоев и оперативный сотрудник отдела внутренних дел ГУВД Ташкентской области при АГМК, майор Б. Рустамов также остановились на вопросах обеспечения сохранности имущества и оборудования на территории предприятия.
 
Было особо отмечено, что незаконный вынос товарно-материальных ценностей с территории предприятия и их хищение влекут за собой административную и уголовную ответственность в соответствии с законодательством.
 
В завершение встречи выступил председатель профсоюзного комитета треста О. Саркаев. Он остановился на вопросах соблюдения правил внутреннего распорядка и охраны труда, подчеркнув, что подобные профилактические встречи способствуют укреплению законности и правопорядка в коллективе.


📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Sep 29, 2026#Diqqat 📌 15-oktabr - jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi…
  2. Sep 29, 2026#Oʻqituvchi_va_murabbiylar_kuni #UstozgaEhtirom Kun fotosi 📚 “O‘rganishdan charchamayman,…
  3. Sep 29, 2026⚡Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13 "Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz…
  4. Sep 29, 2026#ODTI #KelajakMuhandislari #IlmVaInnovatsiya #ODTIYutuqlari “KELAJAK MUHANDISLARI” — ODTI…
  5. Sep 29, 2026❗️Bildirish 🤬 Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining rasmiy www.agmk.uz veb-saytini yanad…
  6. Sep 29, 2026BILDIRISH “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ rahbariyatining qabul kunlari kombinatni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →