“KELAJAK MUHANDISLARI” — ODTI YETAKCHILIK QILMOQDA!
📂 Ilm, innovatsiya va muhandislik tafakkuri — amaliy natijaga aylanganda, bu ODTI!
Olmaliq davlat texnika instituti vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kelajak muhandislari” respublika tanlovining final bosqichida munosib natijalarni qayd etib, institutning ilmiy-innovatsion salohiyatini yana bir bor namoyon etdilar.
🏆 5 nafar ODTI vakili — 5 yo‘nalishda munosib ishtirok.
🥇 SARVAR PARMONOV — 1-O‘RIN!
☑️ Tanlovning professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasida ODTI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sarvar Parmonov faxrli 1-o‘rinni egalladi.
U tomonidan po‘lat eritish jarayonida hosil bo‘ladigan shlaklar tarkibidan marganets va temirni ajratib olishga qaratilgan innovatsion texnologiya ishlab chiqilgan.
➡️ UZ FAP 2993 va UZ FAP 2710 raqamli patentlar bilan himoyalangan;
➡️ Turkiyaning “DEMIR GROUP” kompaniyasi ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan;
➡️ 200 ming AQSh dollari miqdorida tijoratlashtirilgan.
🥇 Mazkur yuksak natija uchun S. Parmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi — BYD Chazor avtomobili bilan taqdirlandi.
🌍 ILMIY G‘OYA — XALQARO STAJIROVKAGA YO‘L
ODTI Kimyoviy texnologiyalar va iqtisod fakulteti dekani Doston Mirzavaliyev ham tanlovda o‘zining ilmiy ishlanmasi bilan ishtirok etdi.
Uning metallurgiya shlaklaridan marganetsni selektiv ajratib olish jarayonlarini sun’iy intellekt yordamida optimallashtirishga qaratilgan ishlanmasi yuqori baholandi.
Natijada D. Mirzavaliyev tanlov g‘olibi deb topilib, ikki oylik xorijiy stajirovka o‘tash huquqini qo‘lga kiritdi.
🥉 SHAXOBIDDIN HUSANOV — 3-O‘RIN!
Tanlovning amaliyotchi muhandislar kategoriyasida “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi bo‘yicha ODTI vakili Shaxobiddin Husanov faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Uning innovatsion ishlanmasi munosib baholanib, pul mukofoti bilan taqdirlandi.
⌛ YANA BIR XALQARO IMKONIYAT — ODTI MAGISTRANTI
Institut magistranti Omina Dushaboyeva ham zamonaviy texnologiyalar asosida bolg‘ali maydalagichlarning ekspluatatsiya resursi va qayta tiklash texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ishlanmasi bilan tanlovda ishtirok etdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, O. Dushaboyeva dunyoning yetakchi muhandislik tashkilotlarida ikki oylik stajirovka o‘tash huquqini qo‘lga kiritdi.
📌 Bu — shunchaki tanlov natijalari emas.
Bu — ilmning ishlab chiqarish bilan uyg‘unligi.
Bu — innovatsiyaning tijoratlashuvi.
Bu — muhandislik g‘oyasining real texnologiyaga aylanishi.
Bu — ODTI ilmiy maktabining amaliy samarasi.
🔔 Patent. Innovatsiya. Tijoratlashtirish. Xalqaro stajirovka. G‘alaba.
Bularning barchasi ODTIda shakllanayotgan yangi avlod muhandislik maktabining muhim natijalaridir.
📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X








