TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28.1K subscribers
Post #49054 4.13K
Raqamli kelajak sari: OKMK mutaxassislari “ICTWEEK 2026”da

🖥 2026-yil 22-sentabr kuni "Central Asian Expo Uzbekistan" majmuasida “ICTWEEK 2026” AKT haftaligi start oldi. 25-sentabrga qadar davom etadigan ushbu nufuzli tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari yo‘nalishi mutaxassislari ham faol ishtirok etishmoqda.

Haftalik doirasida kombinat mutaxassislari raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, IT-infratuzilma va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini o‘rganishdi. Shuningdek, nufuzli ekspertlar, jumladan, Timothy Grosser (NVIDIA va Dell Technologies alyansi rahbari), Sultonmurod Rasulov va Davron Yoqubovlarning sun’iy intellekt va strategik hamkorlikka oid ma’ruzalari tinglandi. Panel munozaralarida xalqaro va davlat tashkilotlari vakillari bilan innovatsion ekotizim, startaplar va ma’lumotlarni himoya qilish mavzulari muhokama qilindi.

Birinchi kungi tadbir yakunida yangi texnologik va sun’iy intellekt yechimlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi. Anjumanda qiziqish uyg‘otgan raqamli yechimlarni OKMK ishlab chiqarish jarayonlariga amaliy tatbiq etish maqsadida, soha mutaxassislari bilan kelgusida bir nechta videokonferensiyalar o‘tkazish belgilab olindi.
———
На пути к цифровому будущему: специалисты АГМК – на «ICTWEEK 2026»
 
🖥 22 сентября 2026 года в комплексе «Central Asian Expo Uzbekistan» стартовала Неделя информационно-коммуникационных технологий «ICTWEEK 2026». В рамках престижного мероприятия, которое продлится до 25 сентября, активное участие принимают специалисты Алмалыкского горно-металлургического комбината в области цифровизации и информационных технологий.
 
В рамках недели специалисты комбината изучили вопросы развития цифровых технологий, искусственного интеллекта, IT-инфраструктуры и международного сотрудничества. Также были заслушаны выступления известных экспертов, в том числе Timothy Grosser (руководитель альянсов NVIDIA и Dell Technologies), Султонмурода Расулова и Даврона Якубова, посвящённые искусственному интеллекту и стратегическому сотрудничеству. В ходе панельных дискуссий с участием представителей международных и государственных организаций обсуждались вопросы инновационной экосистемы, развития стартапов и защиты данных.
 
По итогам первого дня мероприятия состоялся обмен опытом в области новых технологических и искусственного интеллекта решений. В целях практического применения заинтересовавших цифровых решений в производственных процессах АГМК достигнута договорённость о проведении в дальнейшем нескольких видеоконференций с профильными специалистами.

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Sep 28, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda…
  2. Sep 28, 2026#Oʻqituvchi_va_murabbiylar_kuni #UstozgaEhtirom USTOZGA EHTIROM — KASBGA EHTIROM 💠 1-okty…
  3. Sep 28, 2026#Yashil_makon OKMK Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasining 3-temir yo‘l sexi hududidag…
  4. Sep 28, 2026Komplayens nazorati ustuvor vazifa: OKMK vakillari Xalqaro loyiha yakunlariga bag‘ishlanga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →