TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28.1K subscribers
Post #49180 2.26K
#Oʻqituvchi_va_murabbiylar_kuni
#UstozgaEhtirom

USTOZGA EHTIROM — KASBGA EHTIROM

💠 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Metallurg” madaniyat saroyida “Ustozga ehtirom — kasbga ehtirom” mavzusida ustoz va shogirdlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Avtomobil transporti boshqarmasi Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan tadbirdan maqsad — ko‘p yillar boshqarmada samarali mehnat qilgan faxriy xodimlarni e’zozlash, ularning boy tajribasini yoshlarga yetkazish hamda “ustoz-shogird” an’analarini mustahkamlashdan iborat.

Davra suhbatida soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriy ustozlar — Qodirxo‘ja Toshxo‘jayev, Appaz Seyitmemetov, Xudoyberdi Sarkaboyev, Bibisora Tungushboyeva, Ziyodulla Karamanov va Abduvahid Jo‘rayevlar ishtirok etishdi. Ular yoshlar bilan o‘z mehnat faoliyati, kasb sirlari va hayotiy saboqlari haqida o‘rtoqlashdilar.

Tadbir doirasida faxriylar va yosh muhandis-texnik xodimlar kombinat tarixi muzeyiga sayohat qilib, korxonaning bosib o‘tgan boy yo‘li va yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv yakunida boshqarma kasaba uyushmasi tomonidan faxriy ustozlarga esdalik sovg‘alari topshirildi va ularning ko‘p yillik samarali mehnati uchun chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Ustozga hurmat — kasbga sadoqat va kelajakka ishonch demakdir!

Azamat Abdujabbarov,
ATB yoshlar ittifoqi raisi

———
#Ко_Дню_учителей_и_наставников

Уважение к наставнику – уважение к профессии
 
В преддверии 1 октября – Дня учителей и наставников – во Дворце культуры «Металлург» состоялась встреча наставников и молодых специалистов на тему «Уважение к наставнику – уважение к профессии».
 
Мероприятие, организованное Союзом молодёжи управления автомобильного транспорта, было направлено на чествование ветеранов, многие годы плодотворно трудившихся в управлении, передачу их богатого профессионального опыта молодому поколению и укрепление традиций наставничества.
 
В мероприятии приняли участие ветераны отрасли, внесшие значительный вклад в её развитие, - Кодирхужа Тошхужаев, Аппаз Сеитмеметов, Худойберди Саркабоев, Бибисора Тунгушбоева, Зиёдулла Караманов и Абдувахид Джураев. Они поделились с молодёжью воспоминаниями о своём трудовом пути, профессиональными секретами и жизненным опытом.
 
В рамках мероприятия ветераны и молодые инженерно-технические работники также посетили музей истории комбината, где смогли подробнее познакомиться с богатой историей предприятия, его достижениями и пройденным за годы развития путём.
 
В завершение встречи профсоюзный комитет управления вручил ветеранам-наставникам памятные подарки и выразил им глубокую благодарность за многолетний добросовестный труд.
 
Уважение к наставнику – это верность профессии и уверенность в будущем!
 
Азамат Абдуджаббаров,
председатель Союза молодёжи УАТ


📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Sep 28, 2026#Yashil_makon OKMK Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasining 3-temir yo‘l sexi hududidag…
  2. Sep 28, 2026Komplayens nazorati ustuvor vazifa: OKMK vakillari Xalqaro loyiha yakunlariga bag‘ishlanga…
  3. Sep 28, 2026Pora - shunchaki pul emas, kimningdir haqiga qilingan xiyonat ! Bir konvert ortida kimning…
  4. Sep 28, 2026#Mahalliylashtirish Mahalliylashtirish dasturi: Innovatsion g'oyalar amaliyotga ✈️Olmaliq…
  5. Sep 28, 2026#haftalik_yangiliklar_dayjesti 💠Ogohlik va qonun ustuvorligi dolzarb masala 💠Zamonaviy s…
  6. Sep 28, 2026Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik — Поздравление членам сборной…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →