TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28.1K subscribers
Post #49037 4.52K
Ish o‘rnini qadrlash va halol mehnat — bosh mezon

💠Joriy yilning 17-sentyabr kuni Mis boyitish fabrikasi hamda Mis eritish zavodi ishchi-xodimlari ishtirokida navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi. Mehnat jamoalarida sog‘lom muhitni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori R.Matxalikov, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB boshlig‘i, podpolkovnik S.Andamurotov, shuningdek, MBF va MEZ direktorlarining qimmatbaho metallarni saqlash va fuqaro muhofazasi bo‘yicha o‘rinbosarlari D.Safayev hamda I.Djurayevlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida huquq-tartibot idoralari rahbarlari tomonidan keyingi paytda shahar miqyosida hamda kombinat hududida sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan aniq tahliliy ma’lumotlar berilib, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda korxona mulkini asrash, o‘g‘rilik, talon-tarojlik va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, ichki mehnat tartib-qoidalariga so‘zsiz rioya etish hamda xodimlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va odob-axloq madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Jamiyatda har qanday qonunbuzarlik uchun jazo muqarrar ekanligi hayotiy misollar orqali xodimlarga yana bir bor eslatib o‘tildi.

Tadbir yakunida fabrika va zavod direktorlarining o‘rinbosarlari so‘zga chiqib, OKMK kabi nufuzli va yirik korxonada faoliyat yuritish har bir xodim uchun yuksak sharaf va ulkan mas’uliyat ekanligini ta’kidlashdi. Mas’ullar ish o‘rinlarini qadrlash, ajdodlarimizdan meros bo‘lgan o‘zbekona andisha va halollik tamoyillariga sodiq qolish zarurligini uqtirdilar.
 
Shuningdek, ishchi-xizmatchilarni, ayniqsa yoshlarni, tez va oson boylik orttirish ilinjida jinoyat ko‘chasiga kirmaslikka, o‘zi, oilasi va farzandlari kelajagini xavf ostiga qo‘ymasdan, halol rishta va pokiza mehnat orqasidan oila tebratishga chaqirdilar.


Sarvar Ismanov,
MBF Yoshlar ittifoqi raisi v.b.

———
Добросовестный труд – основа достойной жизни

💠17 сентября текущего года с участием работников медной обогатительной фабрики и медеплавильного завода АГМК состоялось очередное профилактическое мероприятие. Встреча была организована с целью укрепления здоровой атмосферы в трудовых коллективах и предупреждения правонарушений.

В мероприятии приняли участие специализированный прокурор Алмалыка Р. Матхаликов, начальник отдела внутренних дел ГУВД Ташкентской области при АГМК, подполковник С. Андамуротов, а также заместители директоров МОФ и МПЗ по вопросам сохранности драгоценных металлов и гражданской защиты Д. Сафaев и И. Джураев.

В ходе встречи руководители правоохранительных органов представили подробную аналитическую информацию о правонарушениях, совершённых в последнее время на территории города и комбината. Особое внимание было уделено причинам совершения преступлений и условиям, которые способствовали их возникновению.

Отдельно были рассмотрены вопросы сохранности имущества предприятия, предупреждения краж, хищений и преступлений, связанных с незаконным оборотом наркотических средств. Также участникам напомнили о необходимости неукоснительно соблюдать правила внутреннего трудового распорядка, поддерживать взаимное уважение в коллективе и повышать культуру поведения и общения.

На конкретных жизненных примерах работникам ещё раз напомнили: за любое нарушение закона неизбежно наступает ответственность.

В завершение мероприятия выступили заместители директоров фабрики и завода. Они подчеркнули, что работа на таком крупном и авторитетном предприятии, как АГМК, - это не только высокая честь для каждого работника, но и большая ответственность. Особый акцент был сделан на необходимости ценить своё рабочее место, оставаться верными принципам честности и порядочности, которые испокон веков являются частью нашей национальной культуры.


Сарвар Исманов,
и. о. председателя Союза молодёжи МОФ


📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Sep 28, 2026#Oʻqituvchi_va_murabbiylar_kuni #UstozgaEhtirom USTOZGA EHTIROM — KASBGA EHTIROM 💠 1-okty…
  2. Sep 28, 2026#Yashil_makon OKMK Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasining 3-temir yo‘l sexi hududidag…
  3. Sep 28, 2026Komplayens nazorati ustuvor vazifa: OKMK vakillari Xalqaro loyiha yakunlariga bag‘ishlanga…
  4. Sep 28, 2026Pora - shunchaki pul emas, kimningdir haqiga qilingan xiyonat ! Bir konvert ortida kimning…
  5. Sep 28, 2026#Mahalliylashtirish Mahalliylashtirish dasturi: Innovatsion g'oyalar amaliyotga ✈️Olmaliq…
  6. Sep 28, 2026#haftalik_yangiliklar_dayjesti 💠Ogohlik va qonun ustuvorligi dolzarb masala 💠Zamonaviy s…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →