TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28.1K subscribers
Post #49119 4.99K
#jamoatchilik_eshituvi

Mahallada jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi

💠Ma’lumki, OKMKdagi “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida 4-mis boyitish fabrikasining qurilishi jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur fabrikaning atrof muhitga ta’sirini baholash loyihasi bo‘yicha joriy yilning 24-sentyabr kuni shahrimizdagi Abdulla Qodiriy mahallasida navbatdagi jamoatchilik eshituvi  o‘tkazildi.

Tadbirda OKMK boshqaruv raisining maslahatchisi Kamola Umaraliyeva, 3- va 4-Mis boyitish fabrikalari qurilishi loyiha ofisi mas’ullari, yetakchi mutaxassislari mahalla raisi hamda mahalla ahli ishtirok etishdi.

Jamoatchilik eshituvida so‘z olgan 3- va 4-mis boyitish fabrikalari qurilishi loyiha ofisi direktorining umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Erkin Amanov 4-sonli Mis boyitish fabrikasi loyihasining strategik ahamiyati, uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi.

Jamoatchilik eshituvi davomida yangi qurilayotgan fabrikaning atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan eng zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berildi.

— Bugungi kunda jahon bozorida mis mahsulotlariga bo‘lgan talab kun sayin oshib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, 4-sonli Mis boyitish fabrikasining ishga tushirilishi kombinatimizda mis ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, yurtimizda misdan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega yangi turdagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytiradi. Mazkur yirik fabrika va uning infratuzilma obyektlarida 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Fabrikada yiliga 60 million tonna ma’dan qayta ishlanib, 846 ming tonnadan ziyod mis konsentrati ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu mamlakatimiz iqtisodiy qudratini rivojlantiruvchi eng asosiy omillardan biriga aylanadi. Loyihada yuqori texnologik, ekologik jihatdan xavfsiz hamda resurstejamkor yechimlar ko‘zda tutilgan. Yana bir e’tiborli jihati, xomashyoni yuklash va tashish paytida chang tarqalishining oldini olish maqsadida zamonaviy aeratsiya, ya’ni avtomatlashtirilgan suv sepib chang bostirish tizimi joriy etiladi. Fabrika uchun dunyoning eng ilg‘or va yetakchi kompaniyalari tomonidan eng zamonaviy texnologik jihozlar hamda qurilmalar ishlab chiqarilib, bevosita o‘rnatib beriladi, — deya ta’kidladi 4-Mis boyitish fabrikasi loyihasi rahbari Muhriddin Nuriddinov.


Tadbirda korxona mas’ullari tomonidan mazkur yirik loyihaning mahalla hududi ijtimoiy-iqtisodiy rivojida tutgan o‘rni hamda hudud ekologik barqarorligini ta’minlash borasidagi roli haqida ham atroflicha tushuntirishlar berildi. Ochiq muloqot davomida mahalla aholisining hududni rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalari tinglandi.

Hurmatli fuqarolar!
Agar Sizda ushbu istiqbolli loyiha bo‘yicha qo‘shimcha taklif, mulohaza yoki e’tirozlaringiz bo‘lsa, ularni (+998 70) 619-23-33 ishonch telefoni raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki info@agmk.uz rasmiy elektron pochta manziliga xat orqali yo‘llashingizni so‘raymiz.

OKMK Axborot xizmati

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Sep 28, 2026#Oʻqituvchi_va_murabbiylar_kuni #UstozgaEhtirom USTOZGA EHTIROM — KASBGA EHTIROM 💠 1-okty…
  2. Sep 28, 2026#Yashil_makon OKMK Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasining 3-temir yo‘l sexi hududidag…
  3. Sep 28, 2026Komplayens nazorati ustuvor vazifa: OKMK vakillari Xalqaro loyiha yakunlariga bag‘ishlanga…
  4. Sep 28, 2026Pora - shunchaki pul emas, kimningdir haqiga qilingan xiyonat ! Bir konvert ortida kimning…
  5. Sep 28, 2026#Mahalliylashtirish Mahalliylashtirish dasturi: Innovatsion g'oyalar amaliyotga ✈️Olmaliq…
  6. Sep 28, 2026#haftalik_yangiliklar_dayjesti 💠Ogohlik va qonun ustuvorligi dolzarb masala 💠Zamonaviy s…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →