TGViewer
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal AGMK - OKMK | Rasmiy kanal @ao_agmk · 28.1K subscribers
Post #48930 4.83K
Zamonaviy standartlar — sifat kafolati

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahsulotlar sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy me’yorlarni izchil joriy etish va xodimlarning kasbiy bilimlarini yuksaltirishga alohida ustuvorlik berilmoqda.

Ana shunday tizimli chora-tadbirlarning amaliy davomi sifatida, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston standartlar instituti bilan yaqin hamkorlikda kombinat mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan navbatdagi maxsus o‘quv kursiga start berildi.

Joriy yilning 21-sentyabr kunidan boshlanib, olib boriladigan va 6-oktyabriga qadar davom etadigan ushbu o‘quv kursi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohalari mutaxassislarining korxonalarda standartlashtirish faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, u O‘quv markazi tomonidan tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarga kombinatning ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot nazorati va metrologik ta’minot tarmoqlari uchun mas’ul bo‘lgan malakali mutaxassislari jalb etilgan.

Mazkur o‘quv dasturi davomida tinglovchilarga korxonalarda xalqaro va milliy standartlarni to‘g‘ri tatbiq etish, mahsulotlarning muvofiqligini baholashdagi zamonaviy yondashuvlar, metrologik tekshiruvlarning aniqligini ta’minlash hamda texnik reglamentlar asosida ish yuritishning eng muhim jihatlari sohaning tajribali olimlari va yetakchi ekspertlari tomonidan atroflicha o‘rgatiladi.

Mazkur loyiha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mahsulotlarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini yana-da oshirishda va raqamli iqtisodiyot talablariga mos yuqori sifat tizimini shakllantirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

———

Современные стандарты – гарантия качества

На Алмалыкском горно-металлургическом комбинате особое внимание уделяется повышению качества выпускаемой продукции до уровня международных стандартов, последовательному внедрению современных требований в производственные процессы и повышению профессиональной компетентности работников.

В продолжение этой системной работы при тесном сотрудничестве с Институтом стандартов Узбекистана при Узбекском агентстве по техническому регулированию стартовал очередной специальный учебный курс, направленный на повышение квалификации специалистов комбината.

Учебный курс, начавшийся 21 сентября и рассчитанный до 6 октября текущего года, посвящён теме «Деятельность по стандартизации на предприятиях специалистов в области технического регулирования, стандартизации, метрологии и оценки соответствия». Организатором обучения выступил Учебный центр.

К занятиям привлечены квалифицированные специалисты комбината, отвечающие за направления производственной эффективности, контроля качества продукции и метрологического обеспечения.

В рамках учебной программы опытные учёные и ведущие эксперты отрасли подробно ознакомят слушателей с ключевыми аспектами правильного применения международных и национальных стандартов на предприятиях, современными подходами к оценке соответствия продукции, обеспечением точности метрологических проверок, а также особенностями работы в соответствии с требованиями технических регламентов.

Данный проект станет важной основой для дальнейшего повышения конкурентоспособности продукции АГМК на международных рынках, а также формирования современной системы качества, отвечающей требованиям цифровой экономики.


📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X
More from @ao_agmk
  1. Sep 28, 2026#Oʻqituvchi_va_murabbiylar_kuni #UstozgaEhtirom USTOZGA EHTIROM — KASBGA EHTIROM 💠 1-okty…
  2. Sep 28, 2026#Yashil_makon OKMK Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasining 3-temir yo‘l sexi hududidag…
  3. Sep 28, 2026Komplayens nazorati ustuvor vazifa: OKMK vakillari Xalqaro loyiha yakunlariga bag‘ishlanga…
  4. Sep 28, 2026Pora - shunchaki pul emas, kimningdir haqiga qilingan xiyonat ! Bir konvert ortida kimning…
  5. Sep 28, 2026#Mahalliylashtirish Mahalliylashtirish dasturi: Innovatsion g'oyalar amaliyotga ✈️Olmaliq…
  6. Sep 28, 2026#haftalik_yangiliklar_dayjesti 💠Ogohlik va qonun ustuvorligi dolzarb masala 💠Zamonaviy s…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →