TGViewer
Channel Public Channel
O'zDJTU - Ingliz filologiyasi - Yoshlar Ittifoqi

O'zDJTU - Ingliz filologiyasi - Yoshlar Ittifoqi

@yi_filologiya

🇺🇿 O'zDJTU Ingliz Filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi kengashining rasmiy sahifasi
Fakultet Qizlarjon klubi rasmiy sahifasi
@qizlarjon_klubi_uzswlu
Ingliz filologiyasi rasmiy sahifasi
@englishphilologyfaculty
Murojaat uchun: @m_shahzoda04
Subscribers
1.84K
Photos
5.1K
Videos
723
Links
1.9K
Recent Posts 18 shown
Post #8616 883

Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Talabalar turar joyiga joylashish uchun yo‘llanmalar berilmoqda

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirgan talabalar uchun yo‘llanmalar berish boshlandi.

2026/2027-o‘quv yilining boshlanish sanalarini inobatga olgan holda, yo‘llanmaga ega talabalar 3-sentabrdan boshlab talabalar turar joyiga kelib joylashishlari mumkin.

O‘quv jarayoni:

🔹 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentabrdan;

🔹 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun — 14-sentabrdan boshlanadi.

Shu munosabat bilan yo‘llanma olgan talabalar o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishini kutmasdan, 3-sentabrdan boshlab TTJga kelib joylashishlari mumkin.

⚠️ Eslatma: Talabalar turar joyiga joylashish tegishli yo‘llanmaga ega bo‘lgan talabalar uchun amalga oshiriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Telegram O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +998 71-230-13-73 O’qishni ko’chirsh Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
  • ❤ 1
Post #8615 726

Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Xakimov Xamidullo Inamovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.

Xamidullo Inamovich 1999-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini ingliz tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyati davomida universitetda o‘qituvchi, stajyor-tadqiqotchi, rektor yordamchisi, dekan o‘rinbosari, dekan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019–2023-yillarda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida ishlagan.

Xamidullo Inamovichni yangi mas’uliyatli lavozimi bilan tabriklaymiz va faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
  • 🎉 4
Post #8614 649

Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti

Job Vacancy: Primary & Secondary ESL Teacher 

Starting Date: ASAP
Salary: to be negotiated depending on candidate's qualifications and work experience.

We are a premier Korean private school located in the vibrant Chilonzor district of Tashkent. While our primary language of school administration and general instruction is Russian, we place a heavy strategic emphasis on world-class language education, with English and Korean as our highest institutional priorities. 

Position Overview
We are seeking an enthusiastic, experienced, and dedicated ESL Teacher to join our expanding academic team. 

Job Requirements
:
✅️ Bachelor’s degree (BA) completed in English Literature, Linguistics, or a related field (an MA degree is highly preferred).

✅️ Minimum of 1 year of professional English teaching experience, preferably in a private school.

✅️ IELTS score of 7.0+ 


Global Elite School
Private Kindergarten and School (G1-9)
 г.Ташкент, Учтепинский район, ул. Лутфий, 7а
+998 90 999 51 21
ges.tashkent@gmail.com
www.instagram.com/globaleliteschool.uz
Post #8613 1.12K
🎓 4 yil bakalavrni qanday o’tkazish kerak?

Universitetga kirgan kuningizdan boshlab faqat diplom haqida o’ylamang. 4 yilni o’z kelajagingiz uchun investitsiyaga aylantiring.

1-kurs — Poydevor

• Agar o’zbek tilida ta’lim olayotgan bo’lsangiz, rus 🇷🇺 tilini ham o’rganing.
• Universitetdagi club va unionlarga qo’shiling.
• Tadbirlar va loyihalarda faol bo’ling.

2-kurs

• “Yil talabasi” tanlovida ishtirok eting (💵 beriladi). Universitet bosqichidan boshlanib, respublika bosqichigacha borish imkoniyati mavjud.
• Jahon tillari universitetining maxsus Aleksandr Faynberg stipendiyasini yuting. (har oy 1+ mln stipendiya olasiz)
• 🇺🇸 SUSI dasturiga hujjat topshirishga harakat qiling.
• Davlat stipendiyalariga hujjat tayyorlang va yuting (salkam 1,5 mln stipendiya olasiz)

3-kurs

• 🏅 Hali ham kechmas, Davlat nomdor stipendiyalari uchun tayyorlaning (magistraturaga prosto tak’ kirib ketasiz)
• 🇸🇰 NSP — National Scholarship Programme of Slovakia dasturini ham kuzating. ( 1 semester bepul chetda o’qish va Yevropa bo’ylab sayohat qilasiz)

4-kurs

• IELTS natijangizni yangilang.
• 🚗 Prava’ oling
• Eng muhimi: erga teging😂
• Magistraturaga hujjat topshirishni boshlang.
• EYUF stipendiyasini yuting va xorijda bepul o’qing.

Batafsil shu yerda gaplashamiz!

P.S: Menga qolsa har yil yangi til o’rganardim, lekin u payti qilmaganmanda;)

🎓Filolog | Yurist | Izlanuvchi | Rafiqa | Ona | Bahorani qo’llab-quvvatlang: @bahora_boboyeva
  • 🔥 8
  • ❤ 4
Post #8612 625

Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Qabul xujjatlari.docx882.9 KB
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

1-kursga qabul qilingan talabalar uchun hujjatlar ro‘yxati

Hurmatli talabalar!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

1. Ipli papka — 1 dona (qog‘oz ko‘rinishdagi).

2. Skrashivatel papka — 1 dona (qog‘oz ko‘rinishdagi).

3. Konvert — 2 dona.

4. Abituriyent ruxsatnomasi.

5. O‘qishga tavsiya etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.

6. Abituriyent qayd varaqasi.

7. Maktab, akademik litsey yoki kollej diplomi/attestati — nusxasi.
📌 2023–2024-o‘quv yillarigacha maktabni tamomlagan abituriyentlar uchun asl nusxasi talab etiladi.

8. Foto — 4 dona (3x4 yoki 3,5x4,5 formatda).

9. Imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning imtiyozini tasdiqlovchi hujjatlari (nogironlik, harbiy tavsiyanoma va boshqa imtiyoz beruvchi hujjatlar) — nusxasi.
📌 Asl nusxasi ham taqdim etiladi.

10. Pasport yoki ID-karta nusxasi — 2 dona.

11. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat — 1 nusxa.

📌 Abituriyentga qo‘shimcha ball berilishiga asos bo‘lgan sertifikat nusxasi taqdim etiladi.

Hujjatlarni belgilangan tartibda va to‘liq taqdim etishingiz so‘raladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
  • ❤ 2
Post #8611 553

Forwarded from Yoshlar Ittifoqi | OʻzDJTU

#Eʼlon #Tanlov

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

✍️📋 Tanlov nizomi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

▪️she’r;
▪️hikoya;
▪️esse;
▪️maqola.

Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.

🗓 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi.

📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.

Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #8610 485

Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

Aziz va qadrli abituriyentlar!

Bugun siz hayotingizdagi eng hayajonli va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. 2026/2027-o‘quv yili uchun yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tanlab, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan barcha yoshlarni chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bu natija — sizning yillar davomida qilgan mehnatingiz, tinimsiz izlanishlaringiz, bilim olish yo‘lidagi intilishingiz va katta orzularingiz sari qo‘ygan muhim qadamingizning munosib samarasidir.

Ayniqsa, bugungi quvonchli kuningizda sizni qo‘llab-quvvatlab, har bir qadamingizda yoningizda bo‘lgan ota-onalaringizni ham samimiy muborakbod etaman! Farzandining talaba bo‘lganini ko‘rish — har bir ota-ona uchun eng katta baxt va faxrlardan biridir.

Aziz talabalar, O‘zDJTU sizni katta orzular, yangi imkoniyatlar va unutilmas talabalik yillari bilan kutib oladi. Ishonamanki, siz universitetimizning munosib, bilimli va faol talabalaridan bo‘lib, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shasiz.

Talabalik maqomingiz muborak bo‘lsin!

Yangi hayot bosqichingizda sizga mustahkam iroda, ulkan zafarlar, ilm yo‘lida yuksak marralar va o‘qishlaringizda omad tilayman!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori
Ilxomjon Tuxtasinov

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
  • ❤ 3
  • 🔥 1
Post #8609 382

Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🛡 “QALQON” JAMOATCHILIK GURUHIGA QABUL BOSHLANDI!

Universitetimizda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Qalqon” jamoatchilik guruhi o‘z safiga yangi a’zolarni qabul qiladi.

Agar siz o‘zingizga ishongan, intizomli, jismonan chiniqqan va mas’uliyatli talaba bo‘lsangiz — “Qalqon” safida siz uchun o‘rin bor!

🔻 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Bo‘yi 170 sm va undan yuqori bo‘lishi;

• Jismonan chiniqqan va sportga qiziqishi bo‘lishi;

• Sport sohasida yutuqlarga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi;

• Harbiy xizmatni o‘tagan nomzodlarga ustuvorlik beriladi;

• Intizomli, mas’uliyatli va hushyor bo‘lishi;

• Jamoa bilan ishlay olish va topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarishi.


🔥Agar siz ham universitetimizda tartib-intizomni ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz — “Qalqon” safiga qo‘shiling!

🔥 Qabulda universitetning faol talaba-yoshlari — yigitlar va qizlar ishtirok etishlari mumkin.

🗓 Qabul muddati: 18-avgustga qadar
✍️ Arizalaringizni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: https://t.me/+HeDNq4S1xhgyZWQy

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Telegram O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +998 71-230-13-73 O’qishni ko’chirsh Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
  • ❤ 1
Post #8607 528

Forwarded from Yoshlar.edu.uz

✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi.

❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max;
🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3;
🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin.

➡️ Batafsil ma’lumot olish
➡️ Viktorinada ishtirok etish

🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin.
🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
  • ❤ 1
Post #8606 395

Forwarded from Edu.uz

#Eʼlon #Tanlov

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

📋 Tanlov nizomi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

▪️she’r;
▪️hikoya;
▪️esse;
▪️maqola.

Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.

📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi.

📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.

Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #8605 629

Forwarded from 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶

🎓 Diplomni olmasdan turib ham ishlash imkoniyati borligini bilarmidingiz?

📣 Amaldagi tartibga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar 3-kursdan boshlab, o‘qishiga xalaqit bermagan holda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.


⏺ Bu esa talabalarga diplomni kutib o‘tirmasdan, o‘qish davridayoq tajriba to‘plash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va daromad topish imkonini beradi.

🔍 Kimlar ishlashi mumkin, qanday tartibda va qaysi huquqiy asosga ko‘ra?

🌎 Batafsil tanishing

#foydali #elon #poytaxt_yoshlari

✏️ Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube
  • ❤ 2
Post #8604 603

Forwarded from Edu.uz

#Eʼlon #Tanlov

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

📋 Tanlov nizomi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

▪️she’r;
▪️hikoya;
▪️esse;
▪️maqola.

Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.

📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi.

📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.

Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 4
Post #8603 727

Forwarded from Xayrulla Sattarov

⭐️Qadrli yoshlar!

Sizlarni bugungi bayram — 30-iyun — “Yoshlar kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

🎉 Yosh avlodning bilimli, ma’naviyatli, tashabbuskor va Vatanga sadoqatli bo‘lib voyaga yetishi har qanday jamiyatning eng muhim yutug‘idir. Sizlarning orzu-intilishlaringiz, izlanuvchanligingiz va mehnatsevarligingiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.

☀️ Kelajakka bo‘lgan ishonchingizni aslo yo‘qotmang, o‘z ustingizda tinimsiz ishlang va ulkan maqsadlar sari dadil intiling. Ishonchim komilki, Sizlar mamlakatimizning ertangi kunini yanada porloq qiladigan avlod bo‘lasiz.

🎁 Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, cheksiz muvaffaqiyat va ulkan yutuqlar tilayman!

Hurmat bilan 🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va 👨‍🎓 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • ❤ 2
Post #8602 626

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi

⚡️30-iyun — “Yoshlar kuni” muborak, aziz yoshlar!

Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi, ishonchi va tayanchi — bu sizsiz!

Qadrli yoshlar! Oldingizga qo‘ygan ulkan marralar sari intilishdan, izlanishdan va yangi tashabbuslarni amalga oshirishdan hech qachon to‘xtamang.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi yurtimizning barcha intiluvchan, tashabbuskor va bunyodkor yigit-qizlarini bugungi go‘zal bayram bilan samimiy qutlaydi.

👏Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

#Yoshlar #30iyun
Post #8601 816

Forwarded from Yoshlar Ittifoqi | OʻzDJTU

🇺🇿Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!

💚Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

👇Maxsus tomosha maydonlari ro‘yxati:

Bektemir tumani — Rohat mahallasi
Mirobod tumani — “Furqat” bog‘i
Mirzo Ulug‘bek tumani — “Central Park” istirohat bog‘i
Olmazor tumani — “G‘alaba bog‘i”
Sergeli tumani — Markaziy xiyobon
Uchtepa tumani — “Seul Eko park”
Chilonzor tumani — “G‘afur G‘ulom” bog‘i
Shayxontohur tumani — “Anhor-Lokomotiv” bog‘i
Yunusobod tumani — Yunusobod sport majmuasi
Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” bog‘i
Yangihayot tumani — INDEX park
Yashnobod tumani — “Ashxobod” sayilgohi

Eng yirik tomosha maydoni “Bunyodkor” stadioni hududida tashkil etiladi — bu yerda 10 ming nafar muxlis birgalikda milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📅 O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari: (Toshkent vaqti bilan)

🇺🇿 O‘zbekiston — Kolumbiya 🇨🇴
🗓 18-iyun | ⏰ 07:00

🇵🇹 Portugaliya — O‘zbekiston 🇺🇿
🗓 23-iyun | ⏰ 22:00

🇨🇩 DR Kongo — O‘zbekiston 🇺🇿
🗓 28-iyun | ⏰ 04:30


Har bir o‘yin — milliy jamoamiz uchun kuch, har bir qo‘llab-quvvatlov — g‘alabaga ishonchdir.


Olg‘a, O‘zbekiston!

⸻

🇺🇿Один флаг, одна команда, одна цель!

💚Матчи национальной сборной Узбекистана по футболу на чемпионате мира будут транслироваться в прямом эфире на больших экранах, установленных во всех районах города Ташкента.

👇Список специальных площадок для просмотра:

Бектемирский район — махалля «Рохат»
Мирабадский район — парк «Фуркат»
Мирзо-Улугбекский район — парк культуры и отдыха Central Park
Алмазарский район — парк Победы
Сергелийский район — Центральная аллея
Учтепинский район — «Seoul Eco Park»
Чиланзарский район — «Dream Park» имени Гафура Гуляма
Шайхантахурский район — парк «Анхор-Локомотив»
Юнусабадский район — Юнусабадский спортивный комплекс
Яккасарайский район — парк «Дустлик»
Янгихаётский район — INDEX Park
Яшнабадский район — парк «Ашхабад»

Самая крупная площадка для просмотра будет организована на территории стадиона «Бунёдкор». Здесь 10 тысяч болельщиков смогут вместе поддержать нашу национальную сборную.

📅 Матчи национальной сборной Узбекистана в групповом этапе:
(по ташкентскому времени)

🇺🇿 Узбекистан — Колумбия 🇨🇴
🗓 18 июня | ⏰ 07:00

🇵🇹 Португалия — Узбекистан 🇺🇿
🗓 23 июня | ⏰ 22:00

🇨🇩 ДР Конго — Узбекистан 🇺🇿
🗓 28 июня | ⏰ 04:30


Каждый матч — это сила для нашей национальной команды, каждая поддержка — вера в победу.

Вперёд, Узбекистан!

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
  • ❤ 4
Post #8599 685

Forwarded from Grants' project

✅🎓 Ijtimoiy faol talaba, nomdor stipendiyalar sohibi bo‘lishni xohlaysizmi?

✈️Xalqaro va milliy loyihalarda ishtirok etishni, volontyorlik qilishni yoki grantlar yutishni istaysiz, lekin hujjatlarni qanday tayyorlashni bilmayapsizmi?

🚀🚀Unda “Grant's hub” kursi
🚀🚀aynan siz uchun!

➡️ Kurs davomida siz stipendiatlar, xalqaro va milliy loyihalar ishtirokchilari hamda faol volontyorlardan iborat tajribali mutaxassis speakerlar tomonidan o‘qitilasiz.

📚 Kurs davomida:
➡️ Nomdor va davlat stipendiyalariga toʻgʻri hujjat tayyorlash
➡️ Sifatli tezis va maqola yozish
➡️ Ilmiy ishlarni to'g'ri tayyorlash va ularni ishonchli manbaalarda chop ettirish
➡️ DGU, patent olish
➡️ Loyiha yaratish va boshqarish
➡️ Ijtimoiy loyihalar uchun to'g'ri ariza topshirish sirlari (AIni ariza jarayonida to'g'ri qo'llash)
➡️ Hayotingiz davomida oʻrganishingiz kerak boʻladigan koʻnikmalarni oʻrganish uchun davlat platformalaridan foydalanish va ulardan ishonchli sertifikatlar olish (OneID orqali)
➡️ Xalqaro loyihalar (NSP, JACAFA va boshqalar) uchun hujjat tayyorlash
➡️ CV tayyorlash (Canva, Harvard Style, Europass)
➡️ Intervyularga tayyorlanishni oʻrganasiz.

😀 SOVGʻA sifatida esa:
🔺 Ijtimoiy faollikni oshirish
🔺 LinkedIn’da professional akkaunt yuritish darslarini
🔺 Bundan keyin ham loyihalarda faol boʻluvchi networkingli yopiq guruhda qolish imkoniyatini qo'lga kiritasiz

🏆 Agar siz:
✨ Nomdor va davlat stipendiyalarini yutishni;
✨ Nufuzli loyihalarda ishtirok etishni;
✨ O‘z loyihangizni tashkil qilishni;
✨ Kontraktdan grantga o‘tishni;
✨ Grantingizni saqlab qolishni istasangiz va koʻplab taʼlim imkoniyatlaridan foydalanmoqchi boʻlsangiz...
🔥 “Grant's hub” davramizga hoziroq qoʻshiling

❗️ Joylar soni 15 kishiga moʻljallangan!

📅 Darslar: 15-iyundan boshlanadi

📩 Batafsil ma’lumot:
👉 @your_support_mentor

⏺Loyiha @grants_project tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
  • ❤ 1
Post #8598 813

Forwarded from O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#BolalarniHimoyaQilishKuni

🙋 Aziz bolajonlar!

🎉 Sizlarni 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

🔎 Siz bilan birga bolalikning eng beg‘ubor va quvonchli onlarini his qilamiz, birga kulamiz, birga o‘ynaymiz, birga orzu qilamiz. Sizning quvonchingiz va baxtingiz biz uchun eng katta qadriyatdir. Sizlar, sog‘lom ulg‘ayish, bepul ta’lim olish, dam olish hamda xavfsiz va himoyalangan muhitda yashash huquqiga egasiz. Bu huquqlar qonun bilan himoyalangan.


👋 Aziz bolajonlar, doimo bilim olishdan to‘xtamang. Oldingizga katta maqsadlar qo‘ying, kitob o‘qing, izlaning, sport bilan shug‘ullaning va sog‘lom ulg‘aying. Siz Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni, kelajagi va faxrisiz! Har bir kuningiz quvonch, mehr va baxtga to‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
  • ❤ 2
Post #8590 1.17K
🎆 “Freshmen Closing Party” yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi!

🥳 Ingliz filologiyasi fakultetida tashkil etilgan ushbu bayramona tadbir talabalarga unutilmas lahzalarni ulashdi.

✨ Tadbir davomida qiziqarli o‘yinlar ☄️, iste’dodli talabalarimizning ajoyib chiqishlari 🎸 hamda ko‘tarinki kayfiyatdagi ommaviy raqslar 🎶 barchaga bayramona muhit ulashdi.

🤝 Ushbu yil davomida faol ishtirok etgan barcha yoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Siz bilan o‘tgan har bir tadbir biz uchun qadrlidir!

💫 Barchangizga maroqli lahzalar va omad tilaymiz!

#students_ceremony #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

🌟 Ittifoq — bu shunchaki tashkilot emas, u bir oila!

✅Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram | 📱 Instagram
  • 🔥 5
  • ❤ 4
  • 👏 4
Older posts →

About this channel

How can I read @yi_filologiya without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for O'zDJTU - Ingliz filologiyasi - Yoshlar Ittifoqi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does O'zDJTU - Ingliz filologiyasi - Yoshlar Ittifoqi have?
O'zDJTU - Ingliz filologiyasi - Yoshlar Ittifoqi (@yi_filologiya) has 1.84K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does O'zDJTU - Ingliz filologiyasi - Yoshlar Ittifoqi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →