TGViewer
Channel Public Channel
Bahora Boboyeva

Bahora Boboyeva

@bahora_boboyeva

Education | Research | Law

• O'zDJTU bakalavr
• TDYU magistr
• O’zbekistonning “TOP-100 liderlari” medali sohibasi
• Navoiy nomli davlat stipendianti
• "Registon" stipendiyasi sohibasi
• "Qizlarjon" klubi rahbari
Subscribers
118
Photos
7
Videos
0
Links
4
Recent Posts 10 shown
Post #22 425
#bepul

Siz uchun yana bir bepul konferensiya olib keldim!

O’zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi Amir Temur tavalludining 690 yilligi hamda muzey tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan “Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojini o’rganish va targ’ib qilishning umumbashariy ahamiyati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o’tkazadi.

Konferensiya yo’nalishlari:

• Temuriylar davri yozma manbalarini tadqiq etish;
• Temuriylar davri Renessansi: ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti;
• Muzeyshunoslik va madaniy merosni asrashning zamonaviy masalalari.

Maqolalar 2026-yil 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.

• E-mail: info@temurid.uz
• Telegram: @TemurDevleti

Keyingi postda bepul jurnallar ro’yxati bilan bo’lishaymi?

🎓Filolog | Yurist | Izlanuvchi | Rafiqa | Ona | Bahorani qo’llab-quvvatlang: @bahora_boboyeva
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • 🎉 2
  • 🏆 1
Post #21 1.09K
Xalqaro anjuman axborot xati TerDPI.pdf690.8 KB
#anjuman

Bepul tezis chiqaring!

• Mavzu: “Termiz shahrining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti (1925–2026-yillarda)”

• Anjuman: 8–9-oktabr 2026-yil
• Maqola topshirish: 25-sentabrgacha
• Ishtirok va maqola nashri — MUTLAQO BEPUL!

• Yo‘nalishlar:
🔹 Termiz tarixi va rivojlanish istiqbollari
🔹 Markaziy Osiyoda arxeologik tadqiqotlar
🔹 Iqtisodiyot, xalqaro aloqalar va turizm
🔹 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish
🔹 Ta’limda sun’iy intellekt

Batafsil axborot xatida.

🎓Filolog | Yurist | Izlanuvchi | Rafiqa | Ona | Bahorani qo’llab-quvvatlang: @bahora_boboyeva
  • 🔥 4
  • 🎉 4
  • ❤ 3
  • 🏆 2
Post #20 323
#stipendiya

Markaziy bank maxsus stipendiyasini yutib oling!

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.

Stipendiya asosiy talablari:
- Bakalavriat va magistraturaning soʻnggi bosqichi kunduzgi boʻlimi talabalari;
- Soʻnggi oʻquv yili boʻyicha yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlganlar;
- Davlat tilini mukammal, rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida biladiganlar talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil maʼlumot va tanlovning toʻliq shartlari

Ariza topshirish: https://t.me/cbu_official_bot

🎓Filolog | Yurist | Izlanuvchi | Rafiqa | Ona | Bahorani qo’llab-quvvatlang: @bahora_boboyeva
  • ❤ 4
  • 🔥 4
  • 🎉 1
Post #17 363
#magistr

Roppa rosa 2 yil oldin to’yim bo’ladigan kuni kechasi kiyimlarimni dazmollayotgan paytim Yuridik universiteti magistranti maqomiga erishgandim. (To'yga to'yona)

Qachonki sen tanlagan yo'nalishda bitta ham grant uchun kvota ajratilmagan bo'lsa-yu, lekin sen stipendiat bo'lib GRANTga kirsang, yana eng birinchi o’rinda - Katta Baxt!

Siz ham bunday muvaffaqiyat egasi bo’lishingiz mumkin. Birgalikda erishamiz!

🎓Filolog | Yurist | Izlanuvchi | Rafiqa | Ona | Bahorani qo’llab-quvvatlang: @bahora_boboyeva
  • 🔥 13
  • ❤ 9
  • 👏 3
Post #14 425
#family

Bir tanishim: "Qayerdan buncha qobiliyatlar, kimga o'xshaysiz?" deb savol bergandi.
Ha, ko'rinish jihatdan dadamga o'xshayman, lekin aslida ayamning qiziman: harakatchanligim, tez o'rganuvchanligim, qiziqishlarim... hammasi ayamniki🤓

Нattoki, uyimizning alohida bir xonasida ayamning yutuqlari uchun ajratilgan burchak bor. Qizig'i, dadamni o'zlari ilib berganlar (rasmda hammasi ham yo'q)

O'zingizda bor barcha yaxshiliklarni bizga bergan ayajonim, yangi mukofot, yangi muvaffaqiyat muborak bo'lsin❤️Davlat mukofotlaringiz soni 6 taga yetibdi, yana ko’payaversin.

🎓Filolog | Yurist | Izlanuvchi | Rafiqa | Ona | Bahorani qo’llab-quvvatlang: @bahora_boboyeva
  • ❤ 18
  • 👏 9
  • 🎉 4
  • 🔥 1
Post #13 707
🎓 4 yil bakalavrni qanday o’tkazish kerak?

Universitetga kirgan kuningizdan boshlab faqat diplom haqida o’ylamang. 4 yilni o’z kelajagingiz uchun investitsiyaga aylantiring.

1-kurs — Poydevor

• Agar o’zbek tilida ta’lim olayotgan bo’lsangiz, rus 🇷🇺 tilini ham o’rganing.
• Universitetdagi club va unionlarga qo’shiling.
• Tadbirlar va loyihalarda faol bo’ling.

2-kurs

• “Yil talabasi” tanlovida ishtirok eting (💵 beriladi). Universitet bosqichidan boshlanib, respublika bosqichigacha borish imkoniyati mavjud.
• Jahon tillari universitetining maxsus Aleksandr Faynberg stipendiyasini yuting. (har oy 1+ mln stipendiya olasiz)
• 🇺🇸 SUSI dasturiga hujjat topshirishga harakat qiling.
• Davlat stipendiyalariga hujjat tayyorlang va yuting (salkam 1,5 mln stipendiya olasiz)

3-kurs

• 🏅 Hali ham kechmas, Davlat nomdor stipendiyalari uchun tayyorlaning (magistraturaga prosto tak’ kirib ketasiz)
• 🇸🇰 NSP — National Scholarship Programme of Slovakia dasturini ham kuzating. ( 1 semester bepul chetda o’qish va Yevropa bo’ylab sayohat qilasiz)

4-kurs

• IELTS natijangizni yangilang.
• 🚗 Prava’ oling
• Eng muhimi: erga teging😂
• Magistraturaga hujjat topshirishni boshlang.
• EYUF stipendiyasini yuting va xorijda bepul o’qing.

Batafsil shu yerda gaplashamiz!

P.S: Menga qolsa har yil yangi til o’rganardim, lekin u payti qilmaganmanda;)

🎓Filolog | Yurist | Izlanuvchi | Rafiqa | Ona | Bahorani qo’llab-quvvatlang: @bahora_boboyeva
  • 🔥 6
  • ❤ 5
  • 👏 1
Post #12 396
Filologiyani tugatib yuristlikka…???

Ko’pchilik mendan: “Filologiya bakalavrini tugatib, qanday qilib yuridik universitetga magistraturaga o’qishga kirdingiz?” deb so’raydi.

Javobi oddiy: 2024-yilgacha amaldagi tartibga ko’ra, ayrim bakalavriat yo’nalishlari (filologiya va tillarni o’qitish) bitiruvchilari yuridik magistratura dasturlariga (aynan, ommaviy axborot vositalari huquqi / media law yo’nalishiga ) hujjat topshirish imkoniyatiga ega edi. Men ham ana shu imkoniyatdan foydalandim va huquq yo’nalishida magistratura bosqichida tahsil oldim va yurist bo’ldim.

2025-yildan boshlab esa ushbu tartib o’zgardi va bunday imkoniyat bekor qilindi. Chunki endi filologiya yo’nalishi yuridik soha uchun mos va turdosh yo’nalish hisoblanmaydi.

Bu degani, ingliz tilini bitirdingmi, demak dalshe* yana shu bo’yicha ketolasan, bo’ldi.

Shu tariqa, men yuridikni bitirgan so’ngi filolog qaldirg’ochman;)

💬 Sizningcha, ta’lim yo’nalishimni o’zgartirib to’g’ri qilganmanmi?

🎓Filolog | Yurist | Izlanuvchi | Rafiqa | Ona | Bahorani qo’llab-quvvatlang: @bahora_boboyeva
  • ❤ 10
  • 🔥 5
  • 👏 1
Post #11 389
✍️ Ko’pchilik bilmaydigan farq: tezis va ilmiy maqola

Ilmiy tadqiqot yo’liga endi kelgan ko’p talabalar tezis va ilmiy maqolani bir xil deb o’ylaydi. Aslida esa ular o’rtasida muhim farqlar bor.

•Tezis – konferensiyada ishtirok etish uchun tayyorlanadigan qisqa ilmiy ish.

Hajmi: odatda 2–5 sahifa.
Maqsadi: tadqiqotning asosiy g’oyasi va natijalarini qisqacha taqdim etish.

• Ilmiy maqola – ilmiy jurnalda chop etish uchun yoziladigan to’liq tadqiqot.

Hajmi: odatda 8–20 sahifa (jurnal talabiga qarab).
Maqsadi: tadqiqotni batafsil yoritish, tahlil qilish va ilmiy xulosa berish.

📖 Qisqacha aytganda:
Tezis — tadqiqotning qisqa taqdimoti, konferensiya to’plamida chiqariladi.
Ilmiy maqola — tadqiqotning to’liq ilmiy natijasidir, jurnalda chiqariladi.

💬 To’g’risi, siz ularning farqini qachon bildingiz?

🎓Filolog | Yurist | Izlanuvchi | Rafiqa | Ona | Bahorani qo’llab-quvvatlang: @bahora_boboyeva
  • ❤ 6
  • 🔥 4
Post #10 414
✨Xush kelibsiz! Keling, bilim, izlanish va yangi imkoniyatlar sari birgalikda qadam tashlaymiz.

Nega aynan bu sahifa?

So’nggi yillarda shuni angladimki, ko’plab iqtidorli yoshlar grantlar, xalqaro ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida yetarli ma’lumotga ega emas.

Shu sababli ushbu kanalni yaratdim. Bu yerda men o’z tajribam, muvaffaqiyatlarim, duch kelgan qiyinchiliklarim va ulardan olgan saboqlarim bilan bo’lishaman.

🎓Filolog | Yurist | Izlanuvchi | Rafiqa | Ona | Bahorani qo’llab-quvvatlang: @bahora_boboyeva
  • ❤ 20
  • 👏 4
  • 🔥 2
  • 🎉 2
Post #1
Channel created

About this channel

How can I read @bahora_boboyeva without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Bahora Boboyeva: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Bahora Boboyeva have?
Bahora Boboyeva (@bahora_boboyeva) has 118 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Bahora Boboyeva know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →