TGViewer
Channel Public Channel
"Qizlarjon" klubi Ingliz filologiyasi fakulteti O'zDJTU

"Qizlarjon" klubi Ingliz filologiyasi fakulteti O'zDJTU

@qizlarjon_klubi_uzswlu

🇺🇿 O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti "Qizlarjon" klubining rasmiy sahifasi.
• O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetining rasmiy sahifasi: @englishphilologyfaculty
• Fakultet YI rasmiy sahifasi: @YI_FILOLOGIYA
Murojaat uchun:
@Heree_ZaRnIGor
Subscribers
442
Photos
904
Videos
101
Links
413
Recent Posts 14 shown
Post #1204 88

Forwarded from Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

🇺🇿Zulfiyanomidagi Davlat mukofoti uchun nomzodlarni saralash jarayoni davom etmoqda

Yurtimizdagi eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lgan mazkur e’tirof o‘z sohasining chinakam yetakchisi bo‘lgan, iqtidorli va tashabbuskor qizlarimizni izlamoqda.

Mukofotga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, a’lo xulqi, noyob iste’dodi hamda so‘nggi uch yil mobaynida xalqaro yoki respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar nomzod sifatida qatnashishi mumkin.

Joriy yilgi tanlovning eng muhim yangiligi shundaki, an’anaviy ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlari qatoriga “tibbiyot” yo‘nalishi ham qo‘shildi. Endilikda iqtidorlar 9 ta yo‘nalish bo‘yicha saralanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi hamda o‘z hujjatlarini doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.

O‘z iqtidoringizni namoyon eting va yuksak e’tirofga sazovor bo‘ling!

✔️Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting

#Zulfiya #nomzodlar2026

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
  • ❤ 1
Post #1203 123
❤️❤️❤️

Ayni damda O'zDJTU bosh binosida 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bólib ótmoqda. Tadbirni rektor I.M.Tuxtasinov ochib berdi. Bayram kótarinki shuhda bo'lib o'tmoqda.

🇺🇿 Qizlarjon klubi axborot xizmati
  • 👏 2
Post #1202 117

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🎉 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #1201 101

Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti

🟦🟦🟦🟦🟦

BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI

Hurmatli talabalar, bitiruvchilar va universitet jamoasi a’zolari❗

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etilmoqda.

🗓Sana: 2026-yil 13-oktyabr
⏰ Vaqt: 10:00
📍Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zakovat ko‘chasi, 4-uy, Roman-german filologiyasi fakulteti binosi.

Yarmarkada respublikamizdagi yetakchi tashkilotlar, korxonalar, ta’lim markazlari, banklar va xususiy sektor vakillari ishtirok etadi.

Tadbir davomida ishtirokchilar:

✅ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish;
✅ Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish;
✅ Amaliyot va stajirovka imkoniyatlari haqida ma’lumot olish;
✅ Mutaxassisligiga mos ish topish imkoniyatlarini kengaytirish;
✅ Rezyume topshirish va dastlabki suhbatlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Eslatma: Talabalar va bitiruvchilarga o‘zlari bilan rezyume (CV) hamda mavjud sertifikatlar nusxalarini olib kelish tavsiya etiladi.

Kelajagingiz sari muhim qadamni bugundan boshlang!

Barchangizni “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da kutib qolamiz!

O‘zDJTU Karyera markazi, Registrator ofisi va Roman-german filologiyasi fakulteti
Post #1200 250
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz hamkasblar va qadrli talaba qizlar!

Sizlarni 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

🔥Qizlar — jamiyatimizning umidi, kelajagimiz bunyodkorlari va ezgu maqsadlar sari dadil intiluvchi avlod vakillaridir. Sizlarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqingiz, yuksak intilishingiz, iste’dodingiz va tashabbuskorligingiz fakultetimiz hayotiga alohida fayz va mazmun bag‘ishlamoqda. Har biringizga o‘z orzu va maqsadlaringizga qat’iy ishonib, ilm-fan hamda hayot yo‘lida yuksak marralarni zabt etishingizni tilayman.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, cheksiz baxt-saodat, qalb xotirjamligi, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamda barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobini tilayman. Doimo o‘zingizga ishoning, o‘z qadringizni biling va salohiyatingizni to‘la namoyon etishdan aslo to‘xtamang!

Xalqaro qizlar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ingliz filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Bannopova Zulxumor Xotamovna

🇺🇿 Qizlarjon klubi axborot xizmati
  • 🎉 1
  • 🤩 1
Post #1198 131
"Qizlarjon" klubi Ingliz filologiyasi fakulteti O'zDJTU 🎨#qizlarjonklubi 📢 Zamonaviy texnologiyani tushunadigan zukko talabalar diqqatiga! 🇬🇧🇺🇿Ingliz filologiyasi fakulteti "Qizlarjon" klubi tomonidan siz uchun "Digital Masters" tanlovi tashkil qilinmoqda. Tanlovda: 👉Noutbuk va kompyuterlarda ishlash ko'nikmalari…
🔥Shoshiling, ro'yxatdan o'tish tugashiga 2 kun qoldi.

✈️Murojaat uchun:
@ulugbekovna_f7

🇺🇿 Qizlarjon klubi axborot xizmati
Telegram "Qizlarjon" klubi Ingliz filologiyasi fakulteti O'zDJTU 🇺🇿 O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti "Qizlarjon" klubining rasmiy sahifasi. • O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetining rasmiy sahifasi: @englishphilologyfaculty • Fakultet YI rasmiy sahifasi: @YI_FILOLOGIYA Murojaat uchun: @Heree_ZaRnIGor
  • ❤ 1
  • 🎉 1
Post #1197 97

Forwarded from "Lider qizlar" klubi Ingliz filologiyasi O'zDJTU

❗️ INSHOLAR TANLOVI E’LON QILINADI

🇬🇧🌟Universitetimizda Ingliz filologiyasi fakulteti "Lider qizlar" klubi tomonidan qizlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar doirasida insholar tanlovi e’lon qilinadi.

🫰Tanlov mavzusi:
"Ona tilim — faxrim va g‘ururim"

✅Mazkur tanlovning maqsadi — talaba qizlarning faolligini oshirish, imkoniyatlar va muammolarni tahlil qilish , shuningdek, yetakchilik salohiyatini rivojlantirishdir.

⚠️ Inshoga qoʻyiladigan talablar

✅Hajmi: 250-300 soʻz
✅Mavzu to‘liq yoritilgan bo‘lishi
✅Mustaqil va o'ziga xos fikrlar
✅Plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi

🗓Sana:19.10.2026
⏰Vaqt 14:00

📱Royxattan oʻtish uchun: @Abdushukurovna_m1

🖋G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

👥Faollik — bu kelajakni shakllantirish demakdir. Sizning fikringiz, tashabbusingiz va taklifingiz jamiyat taraqqiyotiga hissa bo‘lishi mumkin!

🖐Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Mas’ul tashkilotchi:
🌟"Lider qizlar" klubi koordinatorlari:
Botirjonova Sevinch
Abduqahharova Munira


📱Telegram | 📱 Instagram
  • ❤ 1
  • 🎉 1
Post #1190 186
🇬🇧🇺🇿 Ingliz filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Bannopova Zulxumor boshchiligida “Qizlarjon” klubi tashabbusi bilan tashkil etilgan “CHALK ART FEST” festivali ko‘tarinki kayfiyat va ijodiy muhitda bo‘lib o‘tdi.

🔥 Festival davomida talabalar rangli bo‘rlar yordamida o‘z tasavvurlari, kreativ g‘oyalari va ijodiy mahoratlarini namoyon etdilar. Universitet hududi rang-barang chizmalar va betakror san’at asarlari bilan yanada go‘zal tus oldi.

🔥 Tadbir ishtirokchilarga nafaqat o‘z ijodlarini namoyish etish, balki do‘stlar bilan birgalikda maroqli vaqt o‘tkazish, yangi g‘oyalar almashish va unutilmas taassurotlar yaratish imkonini berdi.

🌐 Qizlarjon klubi axborot xizmati
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
  • 😍 1
Post #1189 812
ZAKOVATCHILAR TAYYORMISIZ?


📚Aynan siz kutgan lahza keldi!

🇺🇿🌟 Ingliz filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bóyicha dekan maslahatchisi Bannopova Zulxumor boshchiligida "Qizlarjon" va "Lider qizlar" klublari koordinatorlari tashabbusi bilan talabalar orasida intellekt, topqirlik va tez fikrlilik kabi sifatlarini oshirish va shakllantirish maqsadida " Zakovat " intellektual o'yini tashkillashtirilmoqda.

⚠️14-oktabr soat 16:30 da
↗️Joy: ingliz filologiyasi fakulteti binosi ( literaturniy)
3-etaj

🖋 Ishtirok etish shartlari:

✅Har bir jamoa o‘ziga xos nom tanlashi kerak;
✅Jamoa a’zolari soni kamida 3 ta, ko‘pi bilan 6 ta bo‘lishi lozim

✅ Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
1️⃣ Jamoa nomi;
2️⃣Jamoa a’zolarining ism-familiyasi va guruhi;
3️⃣Jamoa sardorining ism-familiyasi;
4️⃣Bog‘lanish uchun telefon raqami

📝Ro'yxatdan o'tish uchun: @AsrorovnaS_17

🎖Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱Telegram | 📱Instagram
  • ❤ 2
  • 🎉 1
  • 😍 1
Post #1188 420
🇬🇧🇺🇿 Ingliz filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bóyicha dekan maslahatchisi Bannopova Zulxumor boshchiligida “Qizlarjon” klubi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “CHALK ART FEST” taklif qilamiz!

🗓️ 8-oktabr
🎤 12:30
🔉 Literaturniy binosining orqa tomonida
✈️ Ro'yxatdan o'tish uchun:
@ulugbekovna_f7

❓ Bu festivalda nimalar bo‘ladi?
🔥 Yerga rangli bo‘rlar yordamida o‘z tasavvuringizdagi rasmlar va kreativ chizmalarni chizishingiz mumkin.
✔️O‘z ijodingizni namoyish eting va universitetimiz hududini rang-barang rasmlar bilan bezang!
✔️ Do‘stlaringiz bilan birgalikda ijod qiling, maroqli vaqt o‘tkazing va unutilmas taassurotlar yarating!
✔️ Chalk olib kelish tavsiya etiladi, ammo majburiy emas. Eng muhimi — ijod qilish istagi va yaxshi kayfiyat!

🌐 Qizlarjon klubi axborot xizmati
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 🤩 1
Post #1187 1.83K
🎨#qizlarjonklubi

📢 Zamonaviy texnologiyani tushunadigan zukko talabalar diqqatiga!

🇬🇧🇺🇿Ingliz filologiyasi fakulteti "Qizlarjon" klubi tomonidan siz uchun "Digital Masters" tanlovi tashkil qilinmoqda.

Tanlovda:
👉Noutbuk va kompyuterlarda ishlash ko'nikmalari
👉Prezentatsiyalar tayyorlash
👉Mobil telefonlarni tez ishlatish ko'nikmalariga oid o'yinlar bo'lib o'tadi.

❗️O'zingiz bilan noutbuk olib kelishingiz so'raladi.

🔥O'zini sinab ko'rmoqchi bo'lgan talabalar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin:
https://forms.gle/7zSx5UHzy8PRzX5b6

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: @ulugbekovna_f7

🇺🇿 Qizlarjon klubi axborot xizmati
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 🤩 1
  • 😍 1
Post #1186 534
👑 IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR!

🇬🇧🇺🇿 Ingliz filologiyasi fakultetining faol va innovatsion fikrlaydigan talaba-qizlarini “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz!

Tanlov talaba-qizlarning IT, mexatronika va robototexnika sohalaridagi salohiyatini namoyon etish, innovatsion g‘oyalarini amaliy loyihaga aylantirish hamda zamonaviy texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

🚀 TANLOV YO‘NALISHLARI:

💻 Dasturiy ta’minot
🌐 Veb-ishlanmalar
📱 Mobil ilovalar
🤖 Sun’iy intellekt
🔐 Kiberxavfsizlik
🎓Raqamli ta’lim
⚙️ Avtomatlashtirilgan tizimlar
💡 Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari

📅 OTM bosqichi: 28-sentabr
🕘 Vaqti: 09:00
📌 Manzil: Ingliz filologiyasi fakulteti, 2-etaj, 224-xona

🗓 Hududiy bosqich: 2–3-oktabr
🏆Respublika finali: 9-oktabr

✍️ Murojaat uchun: @ROMUXLUZ_86

🌟 G‘oyangizni loyihaga aylantiring va kelajakni yaratishda o‘z hissangizni qo‘shing!

📲 Bizning kanal: @qizlarjon_klubi_uzswlu

#ITQueens #KelajakniYaratuvchiQizlar #QizlarjonKlubi #InglizFilologiyasi #TalabaQizlar #Innovatsiya #ITGirls
  • 😍 1
Post #1185 222

Forwarded from "Lider qizlar" klubi Ingliz filologiyasi O'zDJTU

#liderqizlar_klubi #koordinatorlar

Ilmli, zukko va intiluvchan qizlar❕

🌟 "Lider qizlar" klubini tizimli va tarmoqli tashkil qilish maqsadida Ingliz filologiyasi fakulteti "Lider qizlar" klubi koordinatorligiga tanlov e'lon qilamiz.

🔹 Tanlov yo'nalishlari:
✅ "Qizlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy faolligini oshirish" yo‘nalishi
✅ "Qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish" yo‘nalishi
✅"Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish” yo‘nalishi
✅"Qizlar o‘rtasida ilm-fan, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish" yo‘nalishi
✅ "Ma’naviyat va milliy qadriyatlarni mustahkamlash targ‘iboti" yo‘nalishi:
✅ "Jamoatchilik va OAV bilan ishlash" yo‘nalishi

📬 Murojaat uchun:
@shhrtvna_sw

🌟 Klub koordinatori bo'lishni istovchi barcha qizlarni o'z safimizga chorlaymiz!

📱@liderqizlar_klubi_uzswlu
  • ❤ 4
  • 🤩 1
Post #1184 1.69K
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💖💖💖 💙💙💙

Ijodkor, faol va tashabbuskor talabalarimizga ajoyib imkoniyat!

"Qizlarjon" klubi media jamoasi yangi qizlarni o‘z safiga qabul qilmoqda!

Agar siz:
🎥video montaj,
📸fotografiya,
📝 kontent yozish yoki
🎙️ intervyu olishga qiziqsangiz — biz aynan sizni kutyapmiz!

😀Murojaat uchun: @Heree_ZaRnIGor

🖇Kelajak jurnalistlari va media ustalari uchun bu — katta qadam!

🌐 Bizni kuzatib boring:
🇺🇿Qizlarjon
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
  • 🎉 1
  • 😍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @qizlarjon_klubi_uzswlu without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for "Qizlarjon" klubi Ingliz filologiyasi fakulteti O'zDJTU: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does "Qizlarjon" klubi Ingliz filologiyasi fakulteti O'zDJTU have?
"Qizlarjon" klubi Ingliz filologiyasi fakulteti O'zDJTU (@qizlarjon_klubi_uzswlu) has 442 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does "Qizlarjon" klubi Ingliz filologiyasi fakulteti O'zDJTU know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →