TGViewer
Channel Public Channel
Ingliz filologiyasi fakulteti

Ingliz filologiyasi fakulteti

@englishphilologyfaculty

🇺🇿O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetining rasmiy sahifasi

🇷🇺Официальная страница факультета английской филологии УзГУМЯ

🇬🇧Official page of the Faculty of English Philology of the UzSWLU

👉Fakultet YI rasmiy sahifasi https://t.me/YI_FILOLOGIYA
Subscribers
3.95K
Photos
9.6K
Videos
981
Links
2.6K
Recent Posts 5 shown
Post #12371 361
TALABALAR IJARA XONADONLARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILMOQDA

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari istiqomat qilayotgan ijara xonadonlari tyutor Sh. A. Abduvaliyeva tomonidan muntazam ravishda o‘rganib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida xonadonlarning yashash uchun qulayligi, isitish tizimlarining sozligi, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, talabalarga sovuq kunlarda xavfsizlik choralariga amal qilish, yong‘in va is gazidan zaharlanishning oldini olish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur o‘rganishlardan asosiy maqsad — talabalarning xavfsizligi va salomatligini ta’minlash, ular uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish hamda kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat.

➡️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🔹Telegram 🔹 Instagram
  • ❤ 1
  • 🏆 1
Post #12370 929
🏆BESH MUHIM TASHABBUS — SPORT MUSOBAQALARIGA MARHAMAT!

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇬🇧Ingliz filologiyasi fakulteti 🇺🇿Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan 🇺🇿 “Besh muhim tashabbus” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida keng qamrovli sport musobaqalari tashkil etiladi!

📅 Sana: 12-oktabr, Dushanba
⏰ Vaqt: 14:00


🔥 Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

⚽️ Futbol
🏀 Stritbol
🏓 Stol tennisi
🏃 Yengil atletika
🏐 Voleybol

🎯 Asosiy maqsad — talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda jamoaviylik va do‘stona raqobat muhitini mustahkamlash.

💪 Aziz talabalar! O‘z mahoratingizni namoyon etish, jamoangiz bilan kuch sinashish va g‘alaba sari dadil qadam tashlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🏅 Barcha sportsevar talabalarni musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

https://t.me/+hJ1lNzUPbcJiZGFi

🏆 SPORT — HARAKAT, BIRLIK VA G‘ALABA! 🔥

➡️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🔹Telegram 🔹 Instagram
Post #12369 949
🌸 QIZLAR — IMKONIYATLAR VA YANGI G‘OYALAR EGASI!

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti talaba qizlari tomonidan maxsus ijtimoiy videorolik tayyorlandi.

Videoda qizlar haqidagi eskirgan qarashlar va stereotiplarga munosabat bildirilgan. Zero, bugungi zamon qizlari ilm-fan, ta’lim, texnologiya va yetakchilik sohalarida o‘z bilim va salohiyatini namoyon etmoqda.


Biz stereotiplarga emas, imkoniyatlarga ishonamiz!

Har bir qizning orzusi qadrlidir, har bir qizning imkoniyati esa yangi yutuqlar sari yo‘l ochadi.

➡️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🔹Telegram 🔹 Instagram
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #12368 779
📚«YOSH KITOBXON» TANLOVI E’LON QILINADI!

📖Kitob — tafakkur manbai, mutolaa esa kamolot sari yo‘ldir!

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mutolaa orqali mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida «Yosh kitobxon» tanlovi e’lon qilinadi!

📚TANLOV UCHUN TAVSIYA ETILGAN ASARLAR RO‘YXATI:

1. Pirimqul Qodirov — «Yulduzli tunlar»
2. Tog‘ay Murod — «Otamdan qolgan dalalar»
3. Javlon Jovliyev — «Qo‘rqma»
4. Shuhrat — «Oltin zanglamas»
5. Odil Yoqubov — «Ko‘hna dunyo»
6. Agata Kristi — «Ular o‘nta edi»
7. Jek London — «Martin Iden»
8. Jeyms Klir — «Atom odatlar»
9. Paulo Koelo — «Alkimyogar»
10. Frans Kafka — «Evrilish»


📌Ishtirok etish tartibi:

Tanlov ishtirokchilari tavsiya etilgan asarlarni belgilangan talablar asosida mutolaa qilib, tanlov bosqichlarida faol ishtirok etishlari lozim. Asarlarning mazmunini chuqur anglash, qahramonlar xarakterini tahlil qilish hamda mustaqil fikr bildirish ishtirokchilarning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

🏆Mukofot jamg‘armasi nizomda ko’rsatilgan.

📄 Tanlov nizomi

Aziz yoshlar! Mutolaa orqali tafakkuringizni boyiting, bilim va dunyoqarashingizni kengaytiring hamda o‘z salohiyatingizni namoyon eting!

✅ Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet yoshlar ittifoqi koordinatori yoki yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muoviniga murojaat qilishingiz mumkin

Kitob o‘qing — fikringizni charxlang — g‘oliblik sari intiling! 🏆

Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram
|
📱
Instagram


➡️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🔹Telegram 🔹 Instagram
  • ❤ 1
Post #12360 3.41K
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦

🏐🏐🏐🏐 INGLIZ FILOLOGIYASI FAKULTETIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI!

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇬🇧Ingliz filologiyasi fakultetida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada talabalar o‘zlarining sport mahorati va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.


🏆🏆🏆 “DEKAN KUBOGI” — SHAXMAT MUSOBAQASI!

Fakultet talabalari o‘rtasida tashkil etilgan shaxmat musobaqasida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, strategik rejalashtirish va tezkor qaror qabul qilish mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Har ikki tadbirni qo‘llab-quvvatlagan tashkil etilishida amaliy yordam ko’esatgan fakultet dekani
X. Xakimovga
, tashkil etishda faol ishtirok etgan fakultet tyutori
Gadoyeva Firuza
ga hamda faol qatnashgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz!


➡️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🔹Telegram 🔹 Instagram
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @englishphilologyfaculty without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Ingliz filologiyasi fakulteti: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Ingliz filologiyasi fakulteti have?
Ingliz filologiyasi fakulteti (@englishphilologyfaculty) has 3.95K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Ingliz filologiyasi fakulteti know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →