TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Xayrulla Sattarov

Xayrulla Sattarov

@xayrullasattarov

Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Subscribers
53.1K
Photos
6.1K
Videos
2.8K
Links
7K
Recent Posts 14 shown
Post #10721 22.3K
⚡️ FAO Bosh direktori Shavkat Mirziyoyevni Den Syaopinga qiyosladi. Nima uchun?

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 1
Post #10720 16.4K

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Prezidentimiz ishtirokidagi marosimda Yangi Toshkentda bir qator obyektlar foydalanishga topshirildi va yangilarining qurilishiga start berildi.
—
На церемонии с участием Президента нашей страны в Новом Ташкенте введен в эксплуатацию ряд объектов и дан старт строительству новых.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • 👍 3
Post #10713 21.2K
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda bunyod etilgan inshootlarni ishga tushirish va yangi obyektlarning qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 5
Post #10712 21.2K
💬 “Toshkent turizm maskani bo‘ladi” — prezident

O‘zbekiston 20 mln turist jalb qilishni maqsad qilgan. Davlat rahbari Toshkentning ochiqligi, xavfsizligi va yaratilgan sharoitlarni butun dunyo ko‘rayotganini taʼkidladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 4
Post #10711 24.7K
💬 Prezidentimiz Samarqand shahridagi “Shirin” massivi qurilishiga Yangi Toshkent bilan bir kunda start berilganini eslatdi. Biroq bu yerda ishlar sust borayotgani tanqid qilindi: tadbirkorlarga atigi 19 gektar ajratilgan, qolgan maydonlar bo‘sh turibdi.

💬 Massivni shahar markazi bilan bog‘laydigan ko‘prik 1-sentabrgacha ishga tushirilishi kerak edi. Viloyat hokimligi va boshqarmalar binolarini ko‘chirish hali ham boshlanmagan. Davlat idoralarining o‘zi faollik ko‘rsatmayotgani tadbirkorlarning sarmoya kiritish qarorlariga ta’sir qilayotgani aytildi.

💬 Shu bois, Yangi Toshkent uchun e’lon qilingan imtiyoz va imkoniyatlar “Shirin” massiviga ham tatbiq etiladi. Bu yerda ham investorlarga aniq loyihalar va ishlash uchun qulay shartlar taklif qilinishi lozim.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 4
Post #10710 25.1K
💬 Yangi Toshkent loyihalariga xorijlik sarmoyadorlar qiziqishi ham yuqori. Ular uchun dastlabki 50 ta lot belgilandi. Ularning joylashuvi, loyiha imkoniyatlari, iqtisodiy hisob-kitoblari va yangi yengilliklarni o‘z ichiga olgan aniq takliflar paketi elchilarga yetkaziladi.

💬 Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga chet eldagi sarmoyadorlarni Yangi Toshkentdagi imkoniyatlar bilan kengroq tanishtirish topshirildi.

💬 Vazirlarga xorijlik hamkorlar va yirik kompaniyalar bilan har bir uchrashuvda Yangi Toshkent imkoniyatlarini taqdimot qilib, ularni qo‘shma loyihalarga taklif qilish vazifasi qo‘yildi.

💬 Prezidentimiz e’lon qilingan imkoniyatlar qog‘ozda qolmasligi, ular yer uchastkalari, iqtisodiy hisob-kitoblar va amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan tayyor taklif sifatida sarmoyadorga yetib borishi zarurligini ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 3
Post #10709 21.5K
💬 Yangi imkoniyatlarni faqat poytaxt tadbirkorlari bilan cheklamaslik uchun Yangi Toshkentdan poytaxtning har bir tumaniga 100 gektardan hudud biriktirildi. Endi tuman hokimlari o‘z tadbirkorlari bilan ishlab, yangi loyihalarni shu maydonlarga olib kelishi kerak.

💬 Xuddi shunday mamlakatimizning qolgan 13 ta hududiga ham 100 gektardan maydon ajratiladi. U yerlarda amalga oshirilgan investitsiyalar tegishli viloyat yoki poytaxt tumanining ko‘rsatkichlarida hisobga olinadi.

💬 Biriktirilgan hududlardagi yerlar bo‘yicha birinchi auksionda faqat o‘sha viloyat yoki tuman tadbirkorlari qatnashadi.

💬 Prezidentimiz Yangi Toshkent butun mamlakat ishbilarmonlari uchun yangi imkoniyat maydoniga aylanishi lozimligini ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 4
Post #10708 21.6K
💬 Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yerda quriladigan obyektlarga “yashil bino” standartlari qo‘llanmoqda. Shu bilan birga, sertifikat olish tadbirkorlar uchun qo‘shimcha xarajat ekani inobatga olindi.

💬 Qiymati 50 million dollardan yuqori bo‘lgan noturar joy loyihalari uchun “yashil” sertifikat xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi. Investor sotib olgan har bir yer maydonining 30 foizini yashil hududga aylantirish talabi ham Yangi Toshkentdagi loyihalarga qo‘llanmaydi. Shaharning 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish bosh reja asosida davlat tomonidan ta’minlanadi.

💬 Yirik sarmoyadorlar bilan ishlashda ham yangi yondashuv joriy etiladi. Qiymati 50 million dollardan yuqori har bir loyihaga mas’ul biriktiriladi. U investorga obyekt ishga tushguniga qadar hamrohlik qilib, yuzaga keladigan masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.

💬 “50 million dollardan yuqori har bir loyihaga – bitta investitsiya bitimi” tamoyili amal qiladi. Bitimda investorning majburiyatlari va tavakkalchiligi hisobga olinib, unga mos imtiyozlar paketi belgilanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 3
Post #10707 21K
💬 Yangi Toshkentda xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy obyektlar qurilishiga turtki berish uchun infratuzilma to‘lovlari qayta ko‘rib chiqiladi. Davlatimiz rahbari turar joy qurish bilan shaharga xizmat qiladigan mehmonxona yoki savdo markazini barpo etishning iqtisodiy yuki bir xil emasligini ta’kidladi.

💬 Infratuzilma to‘lovining bazaviy stavkasi savdo, servis va biznes markazlari uchun 3 barobar, mehmonxona va turizm obyektlari uchun 5 barobar, madaniy hamda ko‘ngilochar maskanlar uchun 10 barobar kamaytiriladi. Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar uchun to‘lov 1 foiz etib belgilanadi.

💬 Bu tartib qurilishi boshlangan loyihalarga ham tatbiq etiladi.

💬 Dunyoning yetakchi arxitektorlari ishlab chiqqan o‘ziga xos loyihalarga tezkor tartib qo‘llanadi. Loyihalash, qurilish va obyektni foydalanishga qabul qilish jarayonlari jadallashtiriladi, bir xil ma’lumotni qayta-qayta talab qilish amaliyotiga chek qo‘yiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 3
Post #10706 21.5K
💬 Prezidentimiz Yangi Toshkentning master rejasi mukammal shahar qurish uchun ishlab chiqilganini, biroq u sarmoyadorlar tashabbusiga to‘siq bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi. Agar o‘ziga xos loyiha shahar manfaatiga xizmat qilsa, lot maydoni yoki obyekt turini o‘zgartirish haqidagi taklif qo‘llab-quvvatlanishi lozim.

💬 Bunga huquqiy imkoniyat bor. Ammo takliflarni ko‘rib chiqish tartibi murakkab va yetarlicha shaffof emas, ayrim qarorlar oylab cho‘zilmoqda. Shu sababli investor takliflarini tez va aniq mezonlar asosida ko‘rib chiqish talab etildi.

💬 “Sankt-Peterburg” mavzesiga tadbirkorlar qiziqishi bejiz emas: uning konsepsiyasi, loyiha hujjatlari va qurilish ruxsati oldindan tayyor. Direksiyaga shunday tayyor loyihalar sonini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

💬 Yangi Toshkentning “tashrif qog‘ozi”ga aylanadigan yirik tijorat obyektlari ham kerak. Hozirgacha sotilgan 54 ta lotdan atigi 3 tasidagi loyiha qiymati 100 million dollardan oshadi.

💬 Shu maqsadda ochiq tashabbus va “Swiss challenge” tamoyili asosida yer ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Tashabbus ochiq e’lon qilinadi. Agar boshqalar yaxshiroq shart taklif etmasa, yer birinchi tashabbuskorga ajratiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 5
Post #10705 21.6K
💬 Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu kamida 70 ming kishi uchun yangi yashash muhitini yaratish degani. Prezidentimiz aholiga dam olish, sport, savdo, ta’lim va tibbiyot xizmatlari uylar bilan bir vaqtda zarur bo‘lishini ta’kidladi.

💬 Yangi shaharda FIFA talablariga javob beradigan 55 ming o‘rinli stadion qurilmoqda. U kelasi yil 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining asosiy arenalaridan biri bo‘ladi. Tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxona, kafe, restoran va ko‘ngilochar maskanlarga ehtiyojni aniq hisoblab, tadbirkorlarga ochiq taqdim etish vazifasi qo‘yildi.

💬 Shaharning ishbilarmonlik hayotini shakllantirishda davlat idoralarining ko‘chishi ham muhim. Hozir Qurilish, Transport va Energetika vazirliklari yengil konstruksiyali binolarda ishlamoqda. Shuningdek, vazirlik va idoralarning 2,6 ming nafar xodimi uchun 9 ta bino qurilyapti.

💬 Bosh vazirga qolgan vazirliklar va davlat tashkilotlarining ham Yangi Toshkentga ko‘chishini boshlash topshirildi. Zarur hollarda ularning poytaxtdagi mavjud binolarini buzib qayta qurish huquqisiz, joriy ta’mirlab foydalanish sharti bilan sotish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 5
Post #10704 21.5K
📰 Yangi Toshkent faqat yangi uy-joy quriladigan hudud emas,

– dedi Prezidentimiz.

💬 Bu yer zamonaviy biznes, ta’lim, tibbiyot, turizm va xizmat ko‘rsatishni o‘ziga jalb etadigan mustaqil iqtisodiy markazga aylanishi kerak. Lekin hozirgacha ajratilgan yerlarning uchdan ikki qismi uy-joy loyihalariga to‘g‘ri kelmoqda.

💬 Investorlarga berilgan 28 ta lotda faol qurilish boshlanmagan. Davlatimiz rahbari buni sarmoyadorlarda mablag‘ yoki xohish yo‘qligi bilan izohlash to‘g‘ri emasligini aytdi. Eskicha talablar, cho‘ziladigan ruxsat jarayonlari va ayrim idoralarning hamkor o‘rniga nazoratchi sifatida ish tutishi loyihalarga to‘siq bo‘lmoqda.

📰 Investor esa kutmaydi. U ko‘mak va kafolat sezmasa, mablag‘ini boshqa bozorga yo‘naltiradi,

– dedi mamlakatimiz yetakchisi.

💬 Shu bois, tadbirkorga yer ajratishdan tortib, loyihani ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayon qayta ko‘rib chiqilishi zarurligi ta’kidlandi. Ayni paytda Yangi Toshkentda yerga talab ortib bormoqda. Bir gektarning o‘rtacha qiymati 2024-yilda 10 milliard so‘mga yetmagan bo‘lsa, hozir 19 milliard so‘mga chiqqan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 5
Post #10703 21.5K
🇺🇿 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilmoqda. Davlatimiz rahbari so‘nggi oyda ular bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan takliflar, yer ajratish, ruxsat olish va to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar o‘rganilganini ta’kidladi.

💬 Uch yil avval boshlangan ushbu loyiha doirasida davlat infratuzilma, stadion, universitet va kutubxona kabi muhim obyektlarga yirik mablag‘ yo‘naltirmoqda. Hozirga qadar Yangi Toshkentga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritildi. Shu bilan birga, qurilishga xususiy sektorni jalb etish sur’atlari mavjud imkoniyatlarga mos emasligi qayd etildi.

💬 Yangi shahar uchun jami 20 ming gektar yer ajratilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektar maydonda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi aeroport bilan birga hududning investitsiya salohiyatini 200 milliard dollargacha yetkazish mumkin.

💬 Hozir ming gektardan ortiq maydonda asosan davlat mablag‘i hisobidan qurilish ketmoqda. Tadbirkorlarga esa bor-yo‘g‘i 94 gektar yer ajratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
  • 🤯 1
Post #10702 21.2K
🇺🇿Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tadbir doirasida davlatimiz rahbari Yangi Toshkent hududidagi bir qator obyektlarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
  • 👍 5
Older posts →

About this channel

How can I read @xayrullasattarov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Xayrulla Sattarov: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Xayrulla Sattarov have?
Xayrulla Sattarov (@xayrullasattarov) has 53.1K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Xayrulla Sattarov know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →