TGViewer
Channel Public Channel
𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶

𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶

@poytaxtyoshlari_yi

🇺🇿 Poytaxt yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi

Biz bilan aloqa: @temirov_o_f
Subscribers
12.5K
Photos
5.9K
Videos
520
Links
1.8K
Recent Posts 12 shown
Post #6800 3.91K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 5
  • ❤‍🔥 2
  • 👍 2
  • 😍 2
  • 🔥 1
Post #6799 321

Forwarded from O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#XalqaroKoʻrgazma #YoshlarIttifoqi #IdpIELTS

🎓 Qadrli yoshlar, xorijda ta’lim olishni istaysizmi?

⏰ 3-oktabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda IDP IELTS & STUDY ABROAD hamkorligida yirik xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

💬 Ko‘rgazmada Avstraliya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi 20 ta nufuzli universitet vakillari bilan:
☑️ bevosita muloqot qilishingiz;
☑️ ta’lim yo‘nalishlari va qabul talablari bilan tanishishingiz;
☑️ universitetlarni solishtirib, o‘zingizga mosini tanlashingiz;
☑️ shu yerning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirishingiz mumkin.

🎁 Shuningdek, IELTS va Mock imtihonlari bo‘yicha tanlovlar, bepul IELTS vaucherlari, sertifikatlar hamda qimmatbaho sovrinlar sizni kutmoqda! Kelajagingizni uzoqdan izlamang, unga eltuvchi imkoniyat shu yerda!

📂 Ro‘yxatdan o‘tishni unutmang - chunki sovg‘a va bonuslar faqat RO‘YXATDAN o‘tganlarga beriladi!

🔗 https://forms.gle/mSJp296uhr31Bm3E9

☎️ Hamkorlik va qo‘shimcha ma’lumot uchun +998712309191

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
  • ❤ 1
Post #6798 526
🔺🟦🟦 #Bugun

📲 Joriy yilning 28-sentabr kuni Bojxona institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi doirasida “Soxta axborotlarga qarshi immunitet” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

#harbiy #axborot_savodxonligi #OAV

🔎 Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube
  • ❤ 2
  • 👍 2
Post #6797 634

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 2
  • 👏 2
  • 😍 2
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
Post #6796 911
📚 Ustoz va murabbiylarga bayram tabrigi

👍 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi Axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i Yunusov Yusufjon Muxsin o‘g‘li barcha ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etadi.

💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

🔎 Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube
  • ❤ 3
  • ⚡ 3
  • 😍 2
  • 🔥 1
Post #6795 734
🌷 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni!
Ustoz - inson hayotiga bilim, tarbiya va ezgulik nurini olib kiradigan ulug‘ siymo.


❤️ Bugun bizga ilm bergan, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan, yutuqlarimizdan quvonib, kamchiliklarimizni sabr bilan to‘g‘rilagan barcha ustoz va murabbiylarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

🗣Sizlarning fidokorona mehnatingiz, hayotiy tajribangiz va bergan saboqlaringiz yosh avlod kamoloti, yurtimiz kelajagi uchun beqiyos ahamiyatga ega.


✨ Aziz ustozlar va murabbiylar!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamda shogirdlaringiz kamolini ko‘rib yurish baxtini tilaymiz.

💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🔎 Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube
  • ❤ 2
  • 🔥 2
Post #6794 542

Forwarded from O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#TilOʻrganing #IbratFarzandlari

📢 Ingliz yoki rus tilini o‘rganing va qimmatbaho sovg‘alar yuting!

🙋‍♂️ Ingliz va Rus tillarida Ibrat Ligasi start olmoqda! Liga Qoidasi juda oddiy: Darslarni bajarasiz, XP (ball) to‘playsiz va sovrin yutasiz!

🎁 Eng katta sovrinlar:

☑️ Rus tili bo‘yicha 1-o‘rin — iPhone 18 Pro
☑️ Ingliz tili bo‘yicha 1-o‘rin — MacBook
☑️ 2-o‘rin — 5 000 000 so‘m
☑️ 3-o‘rin — 3 000 000 so‘m

💰 Har ikki til uchun sovrinli o‘rinlar alohida! Lekin gap faqat 3 ta o‘rin haqida emas! 200-o‘ringacha pul mukofotlari, 1000-o‘ringacha esa sovrinlar bor:

☑️ 4–10-o‘rin — 1 000 000 so‘m
☑️ 11–50-o‘rin — 500 000 so‘m
☑️ 51–100-o‘rin — 200 000 so‘m
☑️ 101–200-o‘rin — 100 000 so‘m
☑️ 201–500-o‘rin — Ibrat PRO obunasi
☑️ 501–1000-o‘rin — Mutolaa Premium obunasi

👥 Bundan tashqari: Har bir viloyat g‘oliblari ham alohida taqdirlanadi!

☑️ 1-o‘rin — 1 000 000 so‘m
☑️ 2-o‘rin — 500 000 som
☑️ 3-o‘rin — 300 000 so‘m

🏞 Ya’ni bir vaqtning o‘zida ham Respublika, ham o‘z viloyatingiz reytingida qatnashasiz! Siz sovrin uchun kurashasiz, lekin qo‘lingizda eng qimmatli narsa bilim qoladi.


⏰ START: 3-oktabr, soat 19:00 da! Hoziroq Ibrat academy ilovasini yuklab oling va Liga ishtirokchisiga aylaning!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
  • ❤ 2
Post #6793 713

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 3
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #6784 665

Forwarded from Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti

⚡️Joriy yilning 25–26-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalari talaba va kursantlari o‘rtasida do‘stlik sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbir ikki tomonlama imzolangan hamkorlik memorandumlari belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Musobaqada mamlakatimizning 10 ta yetakchi oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalari — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Bojxona instituti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi jamoalari ishtirok etdi.

Bellashuvlarda 340 nafar yosh sportchi o‘zaro kuch sinashdi. Ikki kun davom etgan sport musobaqalarida ishtirokchilar mini futbol, voleybol, arqon tortish hamda 100 metr masofaga estafeta yugurish kabi jami 4 ta yo‘nalishda bellashishdi. Musobaqalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidan jalb etilgan hakamlar hamda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi mutaxassislari nazorati ostida o‘tkazilib, yoshlarning sport mahorati, jamoaviyligi va o‘zaro do‘stona munosabatlari namoyon bo‘ldi.

Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti muzeyi, mavzuviy sinflar, kutubxona hamda zamonaviy simulyatsiya xonalariga tashriflar tashkil etildi. Bu orqali mehmonlarga universitetdagi ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quv-moddiy baza va yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi do‘stona muloqotlar o‘tkazildi.

G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarga O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar kengashi hamda qator hamkor tashkilotlarning qimmatbaho sovg‘alari, medallar, faxriy yorliq hamda kitoblar jamlanmasi topshirildi. Mazkur sport musobaqalari yoshlarning jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda ustoz va murabbiylarga bo‘lgan hurmatni yuksaltirishga xizmat qildi.


➡️Universitet rasmiy sahifalari:

📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube
  • ❤ 1
Post #6782 1.99K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • ❤‍🔥 1
Post #6781 3.44K
🇺🇿 BUGUN — MUHIM KUN!

Bugun soat 11:00 da O‘zbekiston – Ukraina uchrashuvi bo‘lib o‘tadi! 🇺🇦

11 tur davom etgan shiddatli kurashning hal qiluvchi kuni yetib keldi. O‘zbekiston terma jamoasi yakuniy tur oldidan 18 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Eng yaqin ta’qibchi Hindiston hisobida 17 ochko bor.

🥇 Bugun Ukraina ustidan g‘alaba qozonsak, boshqa uchrashuvlar natijasidan qat’i nazar, oltin medal O‘zbekistonniki!

Bugun butun O‘zbekiston siz bilan! 🇺🇿

Yigitlar, sizlarga ishonamiz!
Olg‘a, O‘zbekiston! 🥇🇺🇿

🔎 Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTub
  • ❤‍🔥 3
  • ❤ 3
  • 👍 2
  • ⚡ 1
  • 🎉 1
  • 😍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @poytaxtyoshlari_yi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶 have?
𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶 (@poytaxtyoshlari_yi) has 12.5K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does 𝗣𝗼𝘆𝘁𝗮𝘅𝘁 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶 know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →