TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Xalq Banki Info

Xalq Banki Info

@xb_info

✅ Халқ банки Коммуникациялар ва маркетинг департаменти расмий канали

Банкимиз ҳақидаги хабарлар, янгиликлар, расмий муносабатлар, таҳлиллар ва бошқа маълумотлар

🌐 www.xb.uz
🔵 t.me/xalqbankinfo/
⏺️ instagram.com/xalqbankinfo/

☎️ 1106
Subscribers
1.5K
Photos
877
Videos
580
Links
513
Recent Posts 11 shown
Post #1739 504
🏦 2026-yilning iyul–avgust oylarida Xalq bankining Ichki audit xizmati faoliyati dunyoning yetakchi "Katta to‘rtlik" (Big4) xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan mustaqil tashqi baholashdan o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida bank ichki audit tizimining Global ichki audit standartlari (GIAS) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiqlik darajasi baholandi.

Mustaqil baholash natijalariga ko‘ra:
💬 Global ichki audit standartlariga (GIAS) muvofiqlik — 90%
💬 Markaziy bank talablariga muvofiqlik — 97%


Baholash yakunida ichki audit faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish maqsadida asosiy yo‘nalishlar belgilab olindi.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
  • 🔥 15
  • ❤ 2
  • 👏 1
  • 🎉 1
Post #1738 975
🏦 Xalq banki xalqaro reytingdagi yutug‘i uchun taqdirlandi

💬 VIII Toshkent xalqaro reklama konferensiyasi — TAF!26’da Xalq banki Forbes’ning “World’s Top Performing Banks 2026” reytingiga kirib, O‘zbekiston bank sektorini jahon miqyosida namoyon etgani uchun e’tirof etilib, diplom hamda statuetka bilan taqdirlandi.

💬 Eslatib o‘tamiz, Nufuzli xalqaro biznes nashri Forbes ilk bor e’lon qilgan reyting 89 mamlakatdagi 500 ta bankni qamrab olgan edi.

💬 Mazkur reytingdan O’zbekistondan Xalq banki joy oldi.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
  • 👏 9
  • 🔥 6
  • ❤ 5
  • 👍 1
  • 🎉 1
Post #1736 1.46K
Xalq banki xodimlari korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va kamaytirish bo‘yicha o‘qitildi

💬 Cert academy International training company bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablari asosida o‘quv seminari tashkil etildi.

💬 Unda bankning markaziy apparati, mintaqaviy markazlari va barcha bank xizmatlari markazlari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda:
✅ Korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va kamaytirish usullari;
✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining asosiy tamoyillari;
✅ Xalqaro standartlarga mos boshqaruv yondashuvlari ko'rib chiqildi.

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirokchilarga nazariy hamda amaliy bilimlar berildi.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
  • 👍 9
  • ❤ 4
  • 👏 2
Post #1734 2.62K
🗣 Kuni kecha Xalq banki markaziy apparatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

🗣 Seminarda "Maʼrifat" targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, tarix fanlari doktori F.Ernazarov hamda "Maʼrifat" targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori J.Yusupovlar soʻzga chiqib, Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan muhim g‘oya va tashabbuslar, mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti, erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida xodimlar bilan atroflicha fikr almashdilar.

🗣 Seminar yakunida ishtirokchilarga Prezidentimiz nutqida belgilangan vazifalarni chuqur o‘rganish, ularni o‘z faoliyatida samarali qo‘llash hamda xalqimizga sifatli va sidqidildan xizmat qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
  • ❤ 3
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 🎉 1
Post #1733 1.85K
Nurafshon shahrida “Mini-texnologiyalar yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

🏦 Xalq banki va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida tashkil etilgan tadbirda o‘z biznesini boshlash yoki kengaytirish istagida bo‘lganlar uchun 100 dan ortiq zamonaviy mini-uskunalar namoyish etildi.

⚙️ Yarmarka davomida bank mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga uskunalarni xarid qilish uchun imtiyozli kredit va lizing mexanizmlari tanishtirildi hamda yangi biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
  • 👍 7
  • ❤ 5
  • 🔥 3
  • 🎉 1
Post #1732 1.6K

Forwarded from Markaziy bank

❔❔❔“Bankda nima gap” o‘zi nima loyiha?
“Bankda nima gap” — Markaziy bank va tijorat banklarini mijozlar bilan bir maydonda bog‘laydigan ochiq media-community. Maqsad — bank xizmatlarida uchrayotgan holatlarni ko‘rish, ularga tezroq munosabat bildirish va xizmatlarni yanada qulay hamda sifatli qilish.
Nima yuborish mumkin? Kartangiz bloklandimi? Ilovada uzilish bo‘ldimi? To‘lov o‘tmay qoldimi? Bank xizmatida tushunarsiz yoki noqulay holatga duch keldingizmi? Holatni qisqa yozing, rasm yoki skrinshot qo‘shing va bizga yuboring.

Qanday qo‘shilasiz?
1️⃣ Telegramdagi @bankdanimagap kanaliga a’zo bo‘ling.
2️⃣ Savol yoki murojaatingizni post izohida yozing yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri @tajriba_lab_bot orqali yuboring.
3️⃣ Eng ko‘p takrorlangan va ko‘pchilikka tegishli masalalarni e’lon qilamiz.
4️⃣ Tegishli bankdan rasmiy javob va izoh olamiz.
5️⃣ Holat qanday boshlanganini va qanday yakunlanganini sizga ko‘rsatib boramiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni ochiq e’lon qilmaymiz. Instagramda ham bizni kuzatib boring va duch kelgan holatlaringizni belgilab yuboring. *Loyiha hozircha test rejimida ishlamoqda.*Takliflarga ochiqmiz!

Batafsil
Kanalga ulaning: @bankdanimagap
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • ❤ 2
Post #1726 1.81K
Xalq banki Chiroqchida yangi biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlamoqda

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Xalq banki rahbariyati ishtirokida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni moliyalashtirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar o‘tkazildi.

Dastlab tuman hokimligi va Xalq banki hamkorligida “Mini-texnologiyalar” yarmarkasi tashkil etildi. Unda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkonini beruvchi zamonaviy uskunalar namoyish qilinib, ularni xarid qilish uchun mavjud imtiyozli kredit va lizing imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Tadbirda Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov, Xalq banki Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova hamda boshqa mutassadilar ishtirok etdi. Tadbir doirasida yangi biznes loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilib, tegishli shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, mahalliy tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, lizing xizmatlaridan foydalanish, loyihalarni moliyalashtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ayrim masalalarni joyida hal etish hamda istiqbolli loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Ishlar mahallalar kesimida ham davom ettirildi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sarvar Jovliyev va Gulzoda Rashidova hokim yordamchilari bilan uchrashib, har bir mahallaning drayver yo‘nalishidan kelib chiqqan holda yangi mikroloyihalarni shakllantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Xalq banki hududlardagi mavjud imkoniyatlarni aniq biznes loyihalariga aylantirish, oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan tashabbuslarni moliyaviy hamda amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
  • 👍 5
  • ❤ 4
  • 👏 1
Post #1725 1.3K
Mahallalarda yoshlar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda

Prezidentimiz tashabbusi amalda o‘z ifodasini topib, mahallalarda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

📍 Chinoz tumanidagi “Birlik” va “Do‘stlik” mahallalarida aholi bandligini ta’minlash, xususan, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish borasida “mahallabay” ishlash doirasida tizimli ishlar olib borilyapti.

🌿 Yoshlarga dehqonchilik qilish uchun ajratilgan yer maydonlarida yigit-qizlar ochiq va yopiq usulda dehqonchilik qilib, issiqxonalar barpo etmoqda.

🍅🥒Hududda issiqxona xo‘jaligi rivojlangani sababli, pomidor, bodring va bulg‘or qalampiri kabi mahsulotlar ichki bozor hamda eksportga chiqarilmoqda.

Bu kabi tashabbuslar yoshlar tadbirkorligini rag‘batlantirish, ishsizlikni kamaytirish va oilalar daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #1722 1.13K
Oltinko‘llik tadbirkorlar va aholi muammolari o‘rganildi

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani «Sharq yulduzi» mahalla fuqarolar yig‘inida mahalliy tadbirkorlar va aholini qiynayotgan masalalarni bevosita o‘rganish maqsadida Xalq banki Boshqaruvi raisi o‘rinbosari F.Ro‘ziyev hamda tuman hokimi o‘rinbosari S.Ergashev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Muloqot davomida tadbirkorlar va ijtimoiy reyestr ro‘yxatida turuvchi fuqarolarning daromadlarini oshirish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun moliyaviy ko‘maklashish tizimi yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Har bir masala mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar Prezidentimiz tomonidan hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholibandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni joylarda amaliy ta’minlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, tadbirkorlar bilan joylarda bevosita uchrashib, ular duch kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi va amaliy yechimlar taklif etildi.

Bu kabi tadbirlar aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
  • 👍 5
  • ❤ 4
  • 👏 3
Post #1718 2K
Yozyovonlik tadbirkorlarning taklif va muammolari oʻrganildi

💬 Fargʻona viloyatining Yozyovon tumanida mahalliy tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni bevosita oʻrganish maqsadida Xalq banki rahbariyati va tuman hokimi ishtirokida yuzma-yuz muloqot tashkil etildi.

💬 Tadbirkorlar oʻz faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni yoʻlga qoʻyish, moliyalashtirish imkoniyatlari hamda biznes jarayonida duch kelayotgan muammolar yuzasidan taklif va murojaatlarini bildirdi.

💬 Har bir masala masʼullar ishtirokida muhokama qilinib, yechimi boʻyicha aniq choralar belgilab olindi.

💬 Bunday muloqotlar Prezidentimiz tomonidan hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha belgilab berilgan vazifalarni joylarda amaliy taʼminlashga qaratilgan.

🏦 Xalq banki uchun tadbirkor bilan bevosita ishlash, uning ehtiyojini joyida oʻrganish va istiqbolli tashabbuslarni amaliy qoʻllab-quvvatlash hududlardagi ishlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
  • ❤ 4
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @xb_info without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Xalq Banki Info: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Xalq Banki Info have?
Xalq Banki Info (@xb_info) has 1.5K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Xalq Banki Info know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →