Mahallalarda yoshlar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda
Prezidentimiz tashabbusi amalda o‘z ifodasini topib, mahallalarda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📍 Chinoz tumanidagi “Birlik” va “Do‘stlik” mahallalarida aholi bandligini ta’minlash, xususan, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish borasida “mahallabay” ishlash doirasida tizimli ishlar olib borilyapti.
🌿 Yoshlarga dehqonchilik qilish uchun ajratilgan yer maydonlarida yigit-qizlar ochiq va yopiq usulda dehqonchilik qilib, issiqxonalar barpo etmoqda.
🍅🥒Hududda issiqxona xo‘jaligi rivojlangani sababli, pomidor, bodring va bulg‘or qalampiri kabi mahsulotlar ichki bozor hamda eksportga chiqarilmoqda.
Bu kabi tashabbuslar yoshlar tadbirkorligini rag‘batlantirish, ishsizlikni kamaytirish va oilalar daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.
📨 Telegram | 🖼 Instagram
Post #1725
1.3K