Nurafshon shahrida “Mini-texnologiyalar yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi
🏦 Xalq banki va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida tashkil etilgan tadbirda o‘z biznesini boshlash yoki kengaytirish istagida bo‘lganlar uchun 100 dan ortiq zamonaviy mini-uskunalar namoyish etildi.
⚙️ Yarmarka davomida bank mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga uskunalarni xarid qilish uchun imtiyozli kredit va lizing mexanizmlari tanishtirildi hamda yangi biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
📨 Telegram | 🖼 Instagram
Post #1733
1.85K