TGViewer
Xalq Banki Info Xalq Banki Info @xb_info · 1.5K subscribers
Post #1732 1.6K

Forwarded from Markaziy bank

❔❔❔“Bankda nima gap” o‘zi nima loyiha?
“Bankda nima gap” — Markaziy bank va tijorat banklarini mijozlar bilan bir maydonda bog‘laydigan ochiq media-community. Maqsad — bank xizmatlarida uchrayotgan holatlarni ko‘rish, ularga tezroq munosabat bildirish va xizmatlarni yanada qulay hamda sifatli qilish.
Nima yuborish mumkin? Kartangiz bloklandimi? Ilovada uzilish bo‘ldimi? To‘lov o‘tmay qoldimi? Bank xizmatida tushunarsiz yoki noqulay holatga duch keldingizmi? Holatni qisqa yozing, rasm yoki skrinshot qo‘shing va bizga yuboring.

Qanday qo‘shilasiz?
1️⃣ Telegramdagi @bankdanimagap kanaliga a’zo bo‘ling.
2️⃣ Savol yoki murojaatingizni post izohida yozing yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri @tajriba_lab_bot orqali yuboring.
3️⃣ Eng ko‘p takrorlangan va ko‘pchilikka tegishli masalalarni e’lon qilamiz.
4️⃣ Tegishli bankdan rasmiy javob va izoh olamiz.
5️⃣ Holat qanday boshlanganini va qanday yakunlanganini sizga ko‘rsatib boramiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni ochiq e’lon qilmaymiz. Instagramda ham bizni kuzatib boring va duch kelgan holatlaringizni belgilab yuboring. *Loyiha hozircha test rejimida ishlamoqda.*Takliflarga ochiqmiz!

Batafsil
Kanalga ulaning: @bankdanimagap
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • ❤ 2
More from @xb_info
  1. Oct 15, 2026🏦 2026-yilning iyul–avgust oylarida Xalq bankining Ichki audit xizmati faoliyati dunyonin…
  2. Oct 12, 2026🏦 Xalq banki xalqaro reytingdagi yutug‘i uchun taqdirlandi 💬 VIII Toshkent xalqaro rekla…
  3. Oct 7, 2026Xalq banki xodimlari korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va kamaytirish bo‘yicha o‘qitildi 💬…
  4. Sep 22, 2026🗣 Kuni kecha Xalq banki markaziy apparatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston…
  5. Sep 22, 2026Nurafshon shahrida “Mini-texnologiyalar yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi 🏦 Xalq banki va O’zbekis…
  6. Sep 17, 2026Xalq banki Chiroqchida yangi biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlamoqda Qashqadaryo viloyat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →