Oltinko‘llik tadbirkorlar va aholi muammolari o‘rganildi
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani «Sharq yulduzi» mahalla fuqarolar yig‘inida mahalliy tadbirkorlar va aholini qiynayotgan masalalarni bevosita o‘rganish maqsadida Xalq banki Boshqaruvi raisi o‘rinbosari F.Ro‘ziyev hamda tuman hokimi o‘rinbosari S.Ergashev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Muloqot davomida tadbirkorlar va ijtimoiy reyestr ro‘yxatida turuvchi fuqarolarning daromadlarini oshirish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun moliyaviy ko‘maklashish tizimi yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Har bir masala mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bunday uchrashuvlar Prezidentimiz tomonidan hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholibandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni joylarda amaliy ta’minlashga qaratilgan.
Shu bilan birga, tadbirkorlar bilan joylarda bevosita uchrashib, ular duch kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi va amaliy yechimlar taklif etildi.
Bu kabi tadbirlar aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
📨 Telegram | 🖼 Instagram
Post #1722
1.13K



- 👍 5
- ❤ 4
- 👏 3