Yozyovonlik tadbirkorlarning taklif va muammolari oʻrganildi
💬 Fargʻona viloyatining Yozyovon tumanida mahalliy tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni bevosita oʻrganish maqsadida Xalq banki rahbariyati va tuman hokimi ishtirokida yuzma-yuz muloqot tashkil etildi.
💬 Tadbirkorlar oʻz faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni yoʻlga qoʻyish, moliyalashtirish imkoniyatlari hamda biznes jarayonida duch kelayotgan muammolar yuzasidan taklif va murojaatlarini bildirdi.
💬 Har bir masala masʼullar ishtirokida muhokama qilinib, yechimi boʻyicha aniq choralar belgilab olindi.
💬 Bunday muloqotlar Prezidentimiz tomonidan hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha belgilab berilgan vazifalarni joylarda amaliy taʼminlashga qaratilgan.
🏦 Xalq banki uchun tadbirkor bilan bevosita ishlash, uning ehtiyojini joyida oʻrganish va istiqbolli tashabbuslarni amaliy qoʻllab-quvvatlash hududlardagi ishlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi.
📨 Telegram | 🖼 Instagram
Post #1718
2K



- ❤ 4
- 👍 1