Baxromov Muhammadyusuf — ikki karra Osiyo chempioni!
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Baxromov Muhammadyusuf Rossiyaning Tula viloyatida o‘tkazilayotgan 20-Osiyo maktab o‘quvchilari shaxmat chempionatida yana bir bor g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi klassik shaxmat bahslarida 8/9 ochko bilan Osiyo chempioni bo‘lgan Muhammadyusuf bu safar blitz musobaqasida ham 1-o‘rinni egallab, 7,5 ochko jamg‘ardi.
Shu tariqa, yosh shaxmatchimiz 20-Osiyo maktab o‘quvchilari chempionatida klassik va blits yo‘nalishlarida Osiyo chempioni bo‘ldi.
Muhammadyusufni ushbu ajoyib natijalar bilan muborakbod etamiz va kelgusidagi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Post #4779
2.2K

- 👍 37
- ❤ 10
- 🎉 6
- 👏 1