⚡️
Registonda tafakkur maydoniSamarqandning tarixiy Registon maydonida shaxmat va yoshlar tafakkuri uyg‘unlashgan musobaqa bo‘lib o‘tdi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi, Shaxmat federatsiyasi hamda Elite Chess Academy shaxmat klubi hamkorligida samarqandlik yoshlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada 100 nafardan ortiq yosh ishtirok etib, o‘zining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va tezkor qaror qabul qilish mahoratini namoyish etdi.
Registonning tarixiy muhiti, shaxmat taxtasidagi keskin bahslar va yoshlarning intilishi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
#ChessOlympiad #Samarkand2026
🕊
Telegram 📱
Instagram 🔹
Facebook 🌍
Veb sayt