Para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi
2026-yil 20–25-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida imkoniyati cheklangan erkak va ayol shaxmatchilar o‘rtasida Para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa FIDE qoidalari asosida, shveysarcha tizimda 9 turdan iborat bo'ladi. Ochilish marosimi 21-oktabr kuni soat 09:30 da, 1-tur esa 10:00 da boshlanadi.
Ishtirok etishni istagan shaxmatchilar 18-oktabr soat 16:00 ga qadar o‘z viloyati shaxmat federatsiyasi ijrochi direktoriga murojaat qilishlari mumkin.
Nizomi
Post #4775
3.25K
- 👍 5
- ❤ 1
- 🔥 1