2026-yil 27-noyabr – 7-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 5 - Xalqaro Prezident kubogi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa FIDE qoidalari asosida “Masters”, “Open-A” va “Open-B” guruhlarida tashkil etiladi. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Masters guruhida 2600 va undan yuqori FIDE reytingiga ega shaxmatchilar, Open-A guruhida 2000 va undan yuqori, Open-B guruhida esa 2099 gacha reytingga ega shaxmatchilar ishtirok etishi mumkin.
Musobaqa 9 turdan iborat bo‘lib, ishtirokchilarga har bir yurish uchun 30 soniyadan qo‘shiladigan 90 daqiqalik vaqt nazorati qo‘llaniladi.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati — 2026-yil 13-noyabr, soat 17:00 gacha.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Anhor bo‘yi ko‘chasi, 10A
📅 27-noyabr – 7-dekabr, 2026-yil
💰 Sovrin jamg‘armasi — 100 000 AQSh dollari
Musobaqa nizomi va ro‘yxatdan o‘tish tartibi quyidagi havolada: presidentcup.uz
Post #4777
3.95K

- 👍 7
- ❤ 4
- 🔥 1