Shaxmat bo‘yicha faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi
2026-yil 15–20-oktabr kunlari Toshkent shahrida 50 yoshdan yuqori bo‘lgan erkak va ayol shaxmatchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqa Xalqaro shaxmat akademiyasida o‘tkaziladi.
Musobaqa FIDE qoidalari asosida, shveysarcha tizimda 9 turdan iborat bo‘ladi. Har bir ishtirokchiga 90 daqiqa vaqt beriladi va birinchi yurishdan boshlab har bir yurishga 30 soniyadan qo‘shiladi.
Musobaqa 2026-yil 16-oktabr kuni soat 09:30 da ochilish marosimi bilan boshlanadi. 1-tur soat 10:00 da o‘tkaziladi. Musobaqaning yopilish marosimi 20-oktabr kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa g‘oliblari to‘plangan ochkolar asosida aniqlanadi. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan erkak va ayol shaxmatchilar orasida ham alohida taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
Ishtirok etishni istagan shaxmatchilar 2026-yil 12-oktabr soat 16:00 ga qadar Telegram orqali @RustamAbdusaitov manziliga murojaat qilishlari mumkin.
Nizom
Post #4765
5.98K
- ❤ 5
- 👍 3